Bu haqda 30 oktyabr kuni brifingda agentlik Axborot xizmati rahbari Şerzod Saparov ma’lum qildi. Aniqlangan hujjatlar böyiça hokimliklarga 53 ta taqdimnoma kiritilgan, xizmat tekşiruvlaridan söng 3 nafar rahbar xodim işdan böşatilgan, 2 nafariga “xayfsan” intizomiy jazosi qöllanilgan, 96 nafar mansabdor şaxs esa intizomiy javobgarlikka tortilişi haqida rasman ogohlantirilgan.

2026-yilning töqqiz oyida mahalliy hokimliklar 128 174 ta hujjat qabul qildi. Ulardan 90 859 tasi, ya’ni 71 foizi e’lon qilingan, 37 315 tasi, ya’ni 29 foizi “yaşirilgan” maqomida yoki “xizmat doirasida foydalaniş uçun” grifi bilan qabul qilingan. Agentlik ma’lumotlariga köra, yopiq hujjatlar hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 15 foizga kam.

Brifingdagi savol hokimliklar qarorlarining bir qismi hanuzgaça yopiq saqlanayotganiga oid edi; jurnalistning fikriça, köpinça bular pul ajratiş bilan boğliq hujjatlardir. Biroq agentlikning yanvar oyidagi ma’lumotlariga köra, eng köp asossiz yaşirilgani tayinlaş haqidagi qarorlar bölgan (386 tadan 156 tasi), mablağ ajratişga esa 46 tasi töğri kelgan.

Kontekst

Agentlikka “E-qaror” tizimida hujjatlarning oçiqligini nazorat qiliş vazifasi 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son Farmon bilan yuklatilgan. Dastlabki natijalarni agentlik 26-yanvar kuni e’lon qildi: öşanda hokimliklarning 1 907 ta yopiq hujjatidan 386 tasi asossiz yaşirilgan deb topilgan edi. Ular orasida eng köpi tayinlaş haqidagi qarorlar — 156 ta, taşkiliy tuzilmani tasdiqlaş haqida — 68 ta, mablağ ajratiş haqida — 46 ta va rağbatlantiriş haqida — 34 ta edi. Hududlar böyiça Farğona 67 ta holat bilan, Buxoro 58 ta, Qaşqadaryo 41 ta, Samarqand 38 ta va Xorazm 32 ta holat bilan yetakçilik qildi. Öşanda agentlik Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyat hokimliklari va Toşkent şahar hokimligiga hujjatlarni oçiqlaş va mas’ullarga nisbatan çora körişni talab qilib taqdimnomalar yubordi.

Şu mavzuda