Keça videorolik ön ming marta körilgan bölsa, bugun xuddi şunday video atigi ikki yuz marta körildi. Akkaunt bloklanmagan, ogohlantirişlar yöq, obunaçilar ham joyida. Ammo yangi foydalanuvçilar sizni boşqa körmayapti, qidiruv tizimi esa özini xuddi sizning nomingiz umuman yöqdek tutmoqda. Blogerlar bu holatni «yaşirin blokirovka» (shadowban) deb ataşadi.

Uzoq vaqt davomida yaşirin blokirovkani isbotlab bölmaydi deb hisoblanar, platformalar esa bu atamani işlatişdan qoçişar edi. 2024-yil iyul oyida Amsterdam sudi körinişni yaşirinça çeklaşni ilk bor foydalanuvçi huquqlarining buzilişi deb topdi.

Yaşirin blokirovka nima?

Oddiy bloklaş darhol seziladi: post öçirib taşlanadi yoki akkaunt muzlatib qöyiladi va bu haqda xabarnoma keladi. Yaşirin blokirovka esa boşqaça işlaydi. Kontent öz joyida qoladi, biroq platforma uni tavsiyalar, qidiruv tizimi, «Qiziqarli» lentasi yoki boşqalarning postlari ostidagi javoblarda körsatişni töxtatadi. Muallif öz postlarini odatdagidek köraveradi va köpinça ularning yaşirib qöyilganidan bexabar ham böladi.

Platformalar buni özlariça nomlaşadi: «körinişni çeklaş», «qidiruv natijalarida pastga tuşiriş», «tavsiyalar uçun yaroqsiz». Bunga spam gumoni, «ta’sirçan» kontent, boşqa foydalanuvçilarning şikoyatlari yoki şunçaki algoritm xatosi sabab bölişi mumkin.

Nima uçun bu huquq masalasiga aylandi?

Bloger, kiçik biznes yoki faollar uçun qamrov — bu daromad va ovozi eşitilişi imkoniyati demakdir. Agar u sezdirmay qisqartirilsa, odam na xatosini töğrilay oladi, na qaror ustidan şikoyat qila oladi. Bu ayblovsiz va himoyalaniş huquqisiz jazolaş bölib çiqadi.

Bu faqat muallifning öziga taalluqli emas. Kimning sözini minglab odamlar körişi-yu, kimnikini heç kim körmasligini yaşirinça hal qiladigan platforma jamoatçilik muhokamasiga ta’sir ötkazadi. Özbekiston Konstitutsiyasining 33-moddasida axborot izlaş, oliş va tarqatiş huquqi kafolatlangan. Biroq bu kafolat davlatga qaratilgan, xususiy platformalar esa öz qoidalari asosida yaşaydi. Yevropada uşbu böşliqni qonun bilan töldirişga urinib körişdi.

Mekiç işi

2023-yilning kuzida amsterdamlik huquqşunos Danni Mekiç X (sobiq Twitter) tarmoğida Yevropa Ittifoqi qonun loyihalaridan birini tanqid qilib çiqdi. Köp ötmay, obunaçilar uning akkaunti qidiruv tavsiyalaridan yöqolib qolganini payqaşdi. Platforma uni bu haqda ogohlantirmadi va xatlariga umumiy gaplar bilan javob qaytardi. Faqatgina 2024-yil yanvar oyiga kelib, X yuristlari çeklov bölganini va keyinçalik u olib taşlanganini tan olişdi.

Mekiç kiçik da’volar böyiça Yevropa tartib-taomili doirasida özi sudga da’vo kiritdi. 2024-yil 5-iyulda Amsterdam tuman sudi qidiruvdan çiqarib taşlaşning özi körinişni çeklaş hisoblanadi, degan qarorga keldi. Bunday çeklov haqida platforma qat’iy sörovlarni kutmasdan, özi xabar berişi va sabablarini tuşuntirişi şart. Şuningdek, sud foydalanuvçi kelişuvining X tarmoğiga xizmat funksiyalarini öz xohişiga köra özgartiriş imkonini beruvçi bandini haqiqiy emas deb topdi va Mekiç foydasiga tovon puli undirişni belgiladi.

Summa kulgili: Mekiç pulli obuna va’da qilinganidek işlamagan kunlar uçun taxminan 1,87 dollarni qaytarişni söragan edi. Biroq DSA Observatory mualliflari bu işni yaşirin blokirovka (shadowban) böyiça çiqarilgan ilk qaror va Yevropaning Raqamli xizmatlar töğrisidagi yangi qonuni doirasidagi birinçi kompensatsiya deb hisoblamoqda.

Qaysi qonun yutuqqa yordam berdi?

Sud Yevropa Ittifoqining «Raqamli xizmatlar töğrisida»gi qonunining (Digital Services Act, DSA) 17-moddasiga tayandi. U platformani har bir çeklov, xoh u öçiriş, bloklaş, monetizatsiyani öçirib qöyiş bölsin, xoh köriniş darajasini pasaytiriş bölsin, foydalanuvçiga izohlab berişga majbur qiladi. Izohda nima qilingani va buning sababi, qaror qabul qilişda algoritm iştirok etgan-etmagani hamda uning ustidan qanday şikoyat qiliş mumkinligi körsatilişi kerak.

Demak, Yevropada foydalanuvçiga heç narsa ma’lum qilinmaydigan tom ma’nodagi yaşirin blokirovka qonunga ziddir. Platforma qamrovni çeklaşi mumkin, biroq bu haqda xabar berişi va e’tiroz bildiriş imkoniyatini taqdim etişi şart.

Platformalar tan ola boşladi

Uşbu sud jarayonidan oldin ham, 2022-yil dekabr oyida Instagram «Akkaunt holati» bölimini kengaytirgan edi. Professional akkaunt egalari u yerda qaysi postlar tavsiyalarga tuşmayotganini körişlari va qaror ustidan şikoyat qilişlari mumkin. Şu bilan birga, kompaniya «yaşirin blokirovka» atamasini işlatmaydi.

Mualliflarga yengillik tuğildimi? Tadqiqotçi Karolina Are kontenti algoritmlar tomonidan tez-tez yaşiriladigan 100 nafar kişi örtasida sörov ötkazdi. Ularning 65 foizi «Akkaunt holati»dagi bildirişnomalar heç narsani özgartirmaganini aytgan bölsa, 72 foizi şikoyat qiliş haqida ham xuddi şunday fikr bildirgan. Bildirişnomalardagi sabablar mavhum, şikoyatlar esa uzoq körib çiqiladi. Are buni «namoyişkorona şaffoflik» deb ataydi.

Özbekistonda vaziyat qanday?

Özbekistonliklar ham xuddi şu platformalardan foydalanişadi, biroq DSA ularga tatbiq etilmaydi. Özbekiston qonunçiligida platforma çeklovlarni qanday izohlaşi kerakligi borasida hozirça alohida qoidalar mavjud emas. Barçasi kompaniya siyosatiga boğliq: u barça mamlakatlar uçun joriy etgan vositalardan bu yerda ham foydalaniş mumkin, faqat Yevropa Ittifoqi talabi bilan amalga oşiriladigan özgarişlar esa Özbekistongaça yetib kelmasligi ehtimoldan xoli emas.

Agar kişi obuna yoki reklama uçun pul tölasa, u platforma bilan şartnoma tuzgan hisoblanadi. Mekiç öz da’volarining bir qismini aynan şartnoma şartlarining buzilişiga asoslagan edi. Biroq Toşkentda turib xalqaro kompaniya bilan sudlaşiş qiyin, şu bois odatda faqat platformaning içki şikoyatlari bilan çeklanişga töğri keladi.

Qamrov keskin tuşib ketsa, nima qiliş kerak?

Tekşiruvni sozlamalardagi akkaunt holatidan boşlang. Instagram va Facebook’da bu «Akkaunt holati» deb ataladi, YouTube va TikTok’da ham ogohlantirişlar aks etadigan şunga öxşaş bölimlar mavjud. Agar u yerda qoidabuzarlik haqida belgi bölsa, apellyatsiya bering va skrinşotlarni saqlab qöying.

Heç qanday belgi yöqmi? Unda xulosa çiqarişga şoşilmang. Qamrov boşqa sabablarga köra ham tuşib ketişi mumkin: algoritm yangilangan, mavsumiy özgariş bölgan yoki auditoriyaning qiziqişi söngan. Bir neça haftalik statistikani soliştiring va akkauntingizni birovning telefonidan qidirib köring. Hamjamiyat qoidalariga ham köz yugurtiring: ba’zida platforma muammoli deb hisoblaydigan bittagina heştegi sababli ham qamrov çeklanişi mumkin.

Qamrov — huquq sifatida

Platforma har bir postni millionlab odamlarga körsatişga majbur emas va tavsiyalarga tuşişni ham heç kim kafolatlamaydi. Bahs boşqa narsada: foydalanuvçini yaşirinça jazolaş mumkinmi? Yevropada bunga «yöq» deb javob berişdi. Özbekistonda esa hozirça bunday qoida yöq va qamrov qayerga ğoyib bölganini faqat platformaning özidan — agar u javob berişni xohlasa — bilib oliş mumkin.

Uzbekistan Digital Rights Media Initiative (UDRMI) loyihasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantiriş markazi (MJDC) tomonidan Legal Policy Research Centre (LPRC) bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqining (YI) moliyaviy kömagida amalga oşirilmoqda.

Şu mavzuda