Xabar 23-noyabr kuni e’lon qilindi. Qömitaning kiberxavfsizlik xizmati mutaxassislari tarqalgan materiallarni tahlil qilib, idoraning içki axborot tizimlari himoyalanganini qöşimça ravişda tekşirib çiqdi.

Tahlil yakunlariga köra, e’lon qilingan ma’lumotlar Soliq qömitasining axborot tizimlari yoki ma’lumotlar bazalaridan sizib çiqmagani aniqlandi. Idora xabariga köra, örganişlar hodisa ONKM operatorlaridan birining axborot infratuzilmasi bilan boğliqligini körsatmoqda. Qömita va uşbu operator tizimlari örtasidagi tarmoq aloqalari ham tekşirildi: qömita infratuzilmasiga ruxsatsiz kiriş alomatlari aniqlanmadi.

Hozirda qömita operatorning belgilangan axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan-etmaganini örganmoqda. Agar talablar buzilgani tasdiqlansa, operatorga nisbatan çoralar köriladi — xususan, uni ONKM operatorlari reyestridan çiqariş masalasi ham körib çiqiladi. Xabarda operatorning nomi, tarmoqqa sizib çiqqan ma’lumotlarning hajmi va tarkibi oşkor etilmagan.

Kontekst

Onlayn-kassalar va virtual kassalarni qöllaş tartibi, ularga qöyiladigan texnik talablar hamda ruxsat etilgan texnika va texnik xizmat körsatiş markazlarining davlat reyestrlari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Onlayn-kassalar fiskal hujjatlarni real vaqt rejimida fiskal ma’lumotlar operatoriga uzatadi, texnik xizmat körsatiş markazlari esa faqat davlat reyestriga kiritilgandan söng faoliyat yuritadi.

Şu mavzuda