Ariza berişi soddalaşadi. Endilikda arizalar rasmiyatçilik bilan boğliq kamçiliklar tufayli qaytarilmaydi — aksinça, sud arizaçiga xatolarni bartaraf etişda va talablarni töğri şakllantirişda yordam beradi. Agar fuqaro adaşib boşqa hududdagi sudga ariza bergan bölsa, uni qaytarmaydilar, «yagona darça» tamoyili asosida özlari tegişli sudga yönaltiradilar. Da’vo muddati bilan boğliq çeklovlarni deputatlar qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida çiqarib taşladi.

Kim kimga nimani isbotlaşi masalasi ham özgaradi. Fuqarolar va tadbirkorlarning haqlik prezumpsiyasi kengayadi: davlat organi qabul qilingan qarorning qonuniyligi va asosliligini, şuningdek, qöllanilgan jarima yoki boşqa çoraning huquqbuzarlikka mutanosibligini özi isbotlaşi şart. Sud işga nafaqat rasmiy tomondan baho beradi, balki qöllanilgan çora qonunda nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiqligini va yetarli ekanini ham tekşiradi.

Taqdim etiş muddatlari aniq belgilangan tört turdagi da’vo joriy etiladi. Agar ma’muriy organ qarori bilan bir guruh şaxslarning huquqlari buzilgan bölsa, kamida 20 kişi birlaşib, jamoaviy da’vo kiritişi mumkin böladi. Savdo-sanoat palatasi birinçi instansiyadagi işda iştirok etmagan bölsa ham, tadbirkor manfaatlarini közlab sud qarori ustidan yuqori instansiyaga töğridan-töğri şikoyat qiliş huquqini oladi. Şuningdek, ma’muriy sudlarning vakolatlari kengaytiriladi: ularda hokimliklarning normativ-huquqiy hujjatlari ustidan ham şikoyat qiliş mumkin böladi, bunday işlarni viloyat darajasidagi sudda sudyalar hay’ati prokuror iştirokida körib çiqadi.

Amaldorlar uçun ikkita yangi xavf paydo böladi. Agar sud mansabdor şaxslarning xatti-harakatlarida korrupsiya alomatlarini aniqlasa, materiallar vakolatli organlarga yuboriladi. Mansabdor şaxsga jarima solingandan keyin ham sud qarori yana ijro etilmasa, sud jinoyat işi qözğatiş masalasini hal qiliş uçun prokurorni xabardor qiliş huquqiga ega böladi.

Kontekst

Ikkinçi öqişga kiritilgan loyihada davlat organlari, boşqa taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslarining ğayriqonuniy qarorlari, xatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sud tartibida şikoyat qiliş huquqi alohida mustahkamlab qöyilgan. Kodeks Senatga yuborildi; uning yigirma birinçi yalpi majlisi 27-noyabr kuni Toşkentda boşlanadi, majlis anonsida kun tartibi körsatilmagan.

Şu mavzuda