Prezidentning PF-247-sonli farmoni 16-noyabrda imzolandi va ertasi kuni kuçga kirdi. U mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini bajariş maqsadida qabul qilingan.

Saylov okrugi mablağlari

Deputatlar taşabbusi bilan sarflanadigan mahalliy byudjet xarajatlari uluşi hudud toifasidan kelib çiqib, uç foizdan beş foizgaça etib belgilanadi va 2028-yilgi mahalliy byudjetlar loyihasini şakllantirişda amal qiladi. Byudjet taşabbuslarini deputatlar kelgusi yil uçun byudjet sörovini şakllantiriş muddatidan kamida bir oy oldin taqdim etadi, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga esa bir oy muddatda tegişli tuzatişlar kiritilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritiş topşirildi.

Alohida, har çorakda bir marta saylov okruglari muammolarini muhokama qiliş sessiya kun tartibidagi birinçi masala qilib qöyiladi — odatda hokim, uning örinbosarlari va hududning boşqa mansabdor şaxslari iştirokida.

Deputat amaldorga nima qila oladi

Kengaşlar mansabdor şaxsning egallab turgan lavozimiga mos kelmasligi yoki uni intizomiy javobgarlikka tortiş töğrisida yuqori turuvçi organga körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnoma kiritiş vakolatini oladi — agar u Kengaş qarori böyiça vazifani öz vaqtida bajarmagan yoki hisobot taqdim etmagan bölsa. Deputatga öz darajasidagi hududdagi — viloyat, tuman yoki şahardagi korxona, muassasa va taşkilotlarga moneliksiz kiriş huquqi mustahkamlanadi, bunday kiriş tartibini esa Adliya vazirligi ikki oy muddatda işlab çiqadi.

Deputatning işiga tösqinlik qilganlik uçun qat’iy prokuror nazorati örnatilgan: gap xodim-deputatni iş joyi va örtaça iş haqi saqlangan holda işdan böşatmaslik yoki tösqinlik qiliş holatlari haqida ketmoqda, aybdor mansabdor şaxslar javobgarlikka tortiladi. Bandlik vazirligiga bunday holatlarga yöl qöymaslik böyiça mulkçilik şaklidan qat’i nazar, barça taşkilotlarga doimiy ravişda körsatmalar berib boriş topşirildi.

Fuqarolar sessiyalarda

2026-yil 1-dekabrdan boşlab tuman va şahar Kengaşlari qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan ötkaziş yuridik xizmat körsatiş markazlari tomonidan amalga oşiriladi. 2027-yil 1-yanvardan boşlab fuqarolarning mahalliy Kengaşlar sessiyalarida kuzatuvçi sifatida — sessiya işiga aralaşiş huquqisiz — iştirok etiş amaliyoti joriy etiladi. Bunday iştirok etiş tartibini Senatga ikki oy muddatda tasdiqlaş tavsiya etildi.

Kontekst

Farmon «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Qonunga özgartirişlar kiritgan ÖRQ-1188-sonli qonunni davom ettiradi, bu qonun 12-noyabrda imzolangan va «Kengaş soati»ni joriy etgan — mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari deputatlarning savollariga töğridan-töğri sessiyada javob beradigan format. Xuddi şu qonun Kengaş Rayosatini tuzdi, unga rais, uning örinbosari, partiya guruhlari rahbarlari va doimiy komissiyalar raislari bilan bir qatorda hokimning özi ham kiradi. Yangi farmonga ilovalar bilan 2014, 2017 va 2020-yillardagi farmonlarga özgartirişlar kiritiladi, prezidentning ayrim hujjatlari esa öz kuçini yöqotgan deb topiladi. Ijroni nazorat qiliş Boş vazir A. Aripov zimmasiga yuklatildi.

Şu mavzuda