Ogohlantiriş 22-noyabr kuni e’lon qilindi. Monitoring natijalariga köra, uşbu resurslar orqali keşbek uçun çeklarni sotişga urinişmoqda, pul evaziga ijara şartnomalarini rasmiylaştirişga undaşmoqda, «keşbek orqali pul işlaş» va’dasi bilan referal aksiyalar ötkazişmoqda, Soliq qömitasi nomidan xabarlar yuborib, uning xizmatlari niqobi ostida zararli ilovalarni tarqatişmoqda.

Qömita öz xabarida beşta resursning nomini keltirib ötgan, töliq röyxat esa ilova qilingan rasmda e’lon qilingan. Kiberxavfsizlik xizmati messenjerning texnik qöllab-quvvatlaş xizmatiga rasmiy murojaat yöllagan.

Idora norasmiy kanallarga kirmaslik, ularga obuna bölmaslik va boşqalarga tarqatmaslik, u yerda joylaştirilgan havolalarni oçmaslik hamda bunday manbalardan ilovalarni örnatmaslikka çaqirdi. Qömitaning ogohlantirişiça, bunday harakatlarda iştirok etiş huquqbuzarlikka sabab bölişi mumkin. Bunday resurslar haqida @soliquz_report_bot boti orqali xabar beriş taklif etilmoqda.

Kontekst

Axborot tizimidan, jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik 2026-yil 22-iyundagi ÖRQ-1155-sonli qonun tahriridagi Jinoyat kodeksining 168-moddasiga köra, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigaça miqdorda jarima, ikki yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki beş yildan sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. Uşbu holatlar mavjud bölmagan oddiy firibgarlik tarkibi uçun esa BHMning 50 baravaridan 100 baravarigaça jarima, ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari, bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.

Şu mavzuda