Toşkent şahar hokimligining ma’lum qilişiça, uşbu çiqindilarni yiğiş, hududlarni tozalaş va ularni olib çiqib ketiş uçun qöşimça işçi kuçi, vaqt hamda mablağ sarflanmoqda. Aniqlangan qoidabuzarlarga nisbatan jarimalar qöllanilgan, nazorat tadbirlari esa, hokimlik ma’lumotlariga köra, har kuni davom ettirilmoqda. Xabarda qöllanilgan jarimalar miqdori keltirilmagan.

Konteynerga emas, uning yon-atrofiga taşlab ketilgan bir qop axlat qançaga tuşişini Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks belgilaydi. 2026-yil 28-iyundan boşlab belgilanmagan joylarga qattiq maişiy va quriliş çiqindilarini taşlaganlik, şuningdek, suyuq maişiy çiqindilarni tökkanlik uçun kodeksda fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) uç baravaridan beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa ellik baravaridan yuz baravarigaça jarima soliş nazarda tutilgan. Agar xuddi şu huquqbuzarlik ma’muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takrorlansa, fuqarolar BHMning ön baravaridan ön beş baravarigaça, mansabdor şaxslar esa yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigaça jarimaga tortiladi.

Moddaning eng qimmat qismi — poligonlarga joylaştirilişi şart bölgan çiqindilarga oid. Ularni belgilanmagan joylarga taşlaganlik uçun fuqarolarga BHMning ellik baravaridan yuz baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa ikki yuz baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima solinadi.

Pulga çaqqanda buni hisoblaş juda oson. 2026-yil 1-sentyabrdan boşlab BHM 440 000 sömni taşkil etadi. Ya’ni oddiy fuqaro uçun odatiy jarima 1 mln 320 ming sömdan 2 mln 200 ming sömgaça, takroriy huquqbuzarlik uçun 4 mln 400 ming sömdan 6 mln 600 ming sömgaça, poligon uçun möljallangan çiqindilarni taşlaganlik uçun esa 22 mln sömdan 44 mln sömgaça bölişi mumkin.

Kontekst

Kodeksning alohida moddasida şaharlarni obodonlaştiriş qoidalarini buzganlik hamda tozalik va sanitariya tartibini ta’minlaş qoidalariga rioya qilmaganlik uçun ham jazo belgilangan: fuqarolarga BHMning bir baravaridan uç baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa beş baravaridan ön baravarigaça jarima solinadi. Har ikkala moddadagi jazo çoralari 2026-yil 25-martdagi qonun tahririga muvofiq amal qiladi.

Şu mavzuda