Keçqurun soat ön, farzandlaringizni uyquga yotqizyapsiz. Iş çatida rahbardan: «Ma’lumotnomani zudlik bilan ertalabgaça yuboring», degan xabar keladi. Javob bermaslik mumkinmi? Köpçilikning fikriça, mumkin emas: xabar öqildi, ikkita kök belgi körinib turibdi, indamaslik esa hurmatsizlikdek qabul qilinadi.
Messenjerlar va masofaviy iş tartibi iş vaqti bilan şaxsiy vaqt örtasidagi çegarani yöqotib yubordi. Bunga javoban bir qator mamlakatlar qonunçilikda «aloqani uziş huquqi»ni (right to disconnect), ya’ni iş kuni tugagaç, xodimning işga oid xabarlarni öqimaslik va ularga javob bermaslik huquqini mustahkamlab qöydi.
Tugamas iş kuni
Microsoft kompaniyasi 2025-yilning fevraligaça bölgan bir yil davomida millionlab Outlook va Teams foydalanuvçilarining anonim ma’lumotlarini örganib çiqib, hosil bölgan manzarani «tugamas iş kuni» deb atadi. Örtaça hisobda xodim asosiy iş vaqtidan taşqari 50 dan ortiq xabar yuboradi va qabul qiladi. Keçki soat sakkizdan keyingi uçraşuvlar soni bir yil avvalgiga nisbatan 16 foizga oşgan. Bildirişnomalar taxminan har ikki daqiqada — sakkiz soatlik iş kuni davomida qariyb 275 marta keladi.
Özbekistonda bu mavzuda yirik tadqiqotlar kam, biroq vaziyatni yaqqol körsatuvçi bir sörovnoma bor. 2023-yilda «Yuksaliş» harakati 560 nafar davlat xizmatçisi örtasida sörov ötkazdi. Ularning 57,3 foizi iş vaqtidan taşqari işlaşini, 13,9 foizi soat 22:00 gaça, 6,6 foizi esa yarim tungaça işda qolib ketişini bildirgan. Me’yordan ortiq işlaydiganlarning 81,7 foizi buning uçun heç qanday qöşimça haq olmaydi. Har ön nafardan biri boşliq ketmaguniça iş joyida qolişini aytgan. Sörovnoma mualliflarining özlari ham uşbu tanlanma butun mamlakatdagi holatni aks ettirmasligini ta’kidlaşsa-da, umumiy tendensiya körinib turibdi.
Nega bu odob emas, balki huquq masalasi?
Dam oliş huquqi insonning asosiy huquqlari sirasiga kiradi. U Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (24-modda) va Özbekiston ham iştirok etayotgan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi xalqaro pakt bilan mustahkamlangan. Dam oliş vaqti iş vazifalari sababli doimiy ravişda bölinaversa, u hordiq vazifasini ötamay qöyadi.
Salomatlik masalasi ham bor. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Xalqaro mehnat taşkilotining hisob-kitoblariga köra, haftasiga 55 soatdan ortiq işlaş 2016-yilda insult va yurak xastaliklaridan 745 mingta ölim holatiga sabab bölgan. Keçqurunlari messenjerlarda işlaş tabelda aks etmasa-da, iş soatlari bundan kamayib qolmaydi.
Boşqa mamlakatlarda bu borada tartib qanday?
Fransiya birinçi böldi. 2016-yilgi qonunga köra, 50 nafardan ortiq kişi işlaydigan kompaniyalar xodimlar qaysi soatlarda iş poçtasini öqişi va xat yuborişi şart emasligi böyiça içki qoidalarni qabul qilişi kerak.
Portugaliyada 2021-yildan beri yanada qat’iyroq tartib amal qilmoqda. Xodimlari soni 10 nafardan ortiq bölgan iş beruvçi iş vaqtidan taşqari paytda xodim bilan şunçaki boğlangani uçun ham jarimaga tortilişi mumkin. Fors-major holatlari bundan mustasno, biroq buni suiiste’mol qiliş jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi. Belgiya aloqani uziş huquqini 2022-yilda davlat xizmatçilari uçun joriy etgan bölsa, 2023-yilda uni ştatida 20 nafardan ortiq xodimi bölgan kompaniyalarga ham tatbiq etdi. Yevroparlament 2021-yildayoq butun Yevropa Ittifoqi uçun şunday qoidani qabul qilişga çaqirgan edi, ammo hozirça umumevropa qonuni mavjud emas.
Avstraliya: javob bermaslik huquqi
Sönggi yillardagi eng köp muhokama qilingan misol. 2024-yil avgustidan boşlab yirik va örta kompaniyalar, 2025-yil 26-avgustdan esa kiçik biznes xodimlari ham iş vaqti tugaganidan keyin işga doir qönğiroqlar va xabarlarni öqimasligi hamda ularga javob bermasligi mumkin.
Qonun iş beruvçiga xabar yozişni taqiqlamaydi. Agar javob bermaslik asosli bölsa, qonun xodimning e’tiborsiz qoldiriş huquqini himoya qiladi. Vaziyatni baholaşda aloqaga çiqiş sababi, xodimning lavozimi va mas’uliyat darajasi, doimo aloqada bölgani uçun unga haq tölanişi yoki tölanmasligi hamda oilaviy majburiyatlari bor-yöqligi inobatga olinadi. Nizolar avval muzokaralar yöli bilan, söngra Adolatli mehnat komissiyasi (Fair Work Commission) orqali hal etiladi. Kasaba uyuşmalari qonun muhokamasida örtaça hisobda har bir avstraliyalik haftasiga 5,4 soat bepul işlaşi haqidagi ma’lumotga tayangan.
Özbekiston qonunçiligi nima deydi?
Özbekiston Mehnat kodeksida «aloqani uziş huquqi» tuşunçasi mavjud emas. Biroq iş vaqti va iş vaqtidan taşqari işga oid qoidalar belgilangan. Iş vaqtidan taşqari iş ketma-ket ikki kun davomida 4 soatdan va yiliga 120 soatdan oşmasligi kerak. Kodeksning 262-moddasiga köra, bunday iş uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanadi. 2025-yil may oyida deputatlar iş vaqtidan taşqari dastlabki ikki soat uçun bir yarim hissa, undan keyingi soatlar uçun esa ikki hissa miqdorida haq tölaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasini birinçi öqişda ma’qulladi.
Bu keçki xabarlar nuqtai nazaridan nimani anglatadi? «Şartnoma qayerda turibdi?» degan qisqa savol boşqa, ertalabgaça ma’lumotnoma tayyorlab qöyiş topşiriği esa butunlay boşqa masala. Ikkinçi holatda xodim amalda iş vaqtidan taşqari işlayotgan böladi. Agar bunday topşiriqlar odatiy holga aylansa, gap rasmiylaştirilmagan va haq tölanmaydigan iş vaqtidan taşqari mehnat haqida boradi. Ammo buni isbotlaş qiyin, çunki barça jarayon ofisda emas, balki şaxsiy telefonda keçadi.
Masofaviy iş masalani qiyinlaştiradi
Uydan turib işlaydiganlarda bu çegara yanada noaniqlaşib ketgan. Iş bilan keçki dam oliş vaqtini bir-biridan ajratib turuvçi uyga qaytiş yöli mavjud emas. Rahbarlar köpinça masofadan işlaydigan xodim doimo aloqada böladi deb hisoblaydilar. Aynan şu sababli, Yevropada aloqani uziş huquqi borasidagi bahs-munozaralar masofaviy iş standartlari muhokamasi bilan birgalikda olib borilmoqda.
Agar masofadan turib işlasangiz, mehnat şartnomangizda iş tartibi haqida nima deyilganini tekşirib köring. U yerda muayyan soatlar körsatilgan bölsa, aynan şu vaqt iş soati hisoblanadi. Agar körsatilmagan bölsa, bu holat iş beruvçi bilan uşbu masalani yozma ravişda kelişib oliş uçun asos böladi.
Hoziroq nima qiliş mumkin?
Xodim şartnoma böyiça öz iş soatlarini aniq bilişi va keçki topşiriqlar takrorlanaversa, ularning skrinşotlarini saqlab borişi kerak. Messenjerlardagi işçi guruhlar uçun «Bezovta qilinmasin» rejimini yoqib qöyiş hamda hamkasblarga ertalab soat 9 dan boşlab javob berişingizni oldindan aytib qöyiş mumkin.
Rahbarlarga esa xabarlarni keçiktirib jönatiş funksiyasi qöl keladi: yarim tunda yozilgan xatni ertalab soat 9 da boradigan qilib sozlaş mumkin. Xodimlarini saqlab qolişni istagan kompaniyalar fransuz tajribasi asosida içki qoidalarni qabul qilgani ma’qul: unda xodim qaçon aloqada bölişi şartligi, qaçon majbur emasligi va navbatçilik uçun qanday haq tölanişi belgilanadi.
Sukunat — huquq sifatida
Texnologiyalar bizni tun-u kun aloqada böladigan qilib qöydi, mehnat huquqi esa asta-sekin bunga munosabat bildirişni örganmoqda. Ba’zi mamlakatlarda keçki qönğiroq uçun iş beruvçi jarimaga tortilsa, boşqalarida javob bermagan xodim himoya qilinadi. Özbekistonda hozirça bunday me’yor yöq va bu borada faqat iş vaqti töğrisidagi umumiy qoidalarga tayaniş mumkin. Biroq keçasi soat ön birda boşliqqa javob beriş kerakmi yoki yöq, degan masala allaqaçon har bir jamoaning öz içki işi bölişdan çiqqan.
Uzbekistan Digital Rights Media Initiative (UDRMI) loyihasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantiriş markazi (MJDC) tomonidan Legal Policy Research Centre (LPRC) bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqining (YI) moliyaviy kömagida amalga oşirilmoqda.
Şu mavzuda