Prezident 2026-yil 28-avgust kuni Mustaqillikning 35 yilligiga bağişlangan marosimda yaqin on yil içida aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot hajmi 10 ming dollardan oşişini ta’kidladi. Xuddi şu nutqda yana ikkita marra tilga olindi: yuqori ösiş sur’atlari saqlanib qolgan taqdirda, 2030-yilga borib YaIM 300 mlrd dollarga yetkaziladi, sanoatda esa 2 mln yuqori daromadli iş örni yaratiladi.

S&P 2026-yilda aholi jon boşiga YaIMni 2019-yildagi 2 365 dollarga nisbatan 5 200 dollar darajasida baholamoqda va buni jahon standartlari böyiça past körsatkiç deb atamoqda. Agentlik iqtisodiy ösişni 2026-yilda 8,0% va 2027–2029-yillarda örtaça 6,7% darajasida prognoz qilmoqda. Investitsiyalarning YaIMdagi uluşi taxminan 36% ni taşkil etib, bu dunyodagi eng yuqori körsatkiçlardan biridir; aholining törtdan bir qismi qişloq xöjaligida band bölsa-da, uşbu soha iqtisodiyotning qariyb 15% ini ta’minlaydi.

2025-yilgi nominal YaIM qayta hisob-kitobdan söng 15% ga oşib, 2 127 trln sömga yoki 169 mlrd dollarga yetdi, ma’lumotlar 2017-yildan boşlab qayta körib çiqilgan.

On yil içida 5 200 dollardan 10 ming dollarga çiqiş uçun dollardagi ösiş yiliga taxminan 6,8% ni taşkil etişi kerak (tahririyat hisob-kitobi). S&P prognozlar jadvalida 2029-yilga borib bu körsatkiç taxminan 6 700 dollarni, ya’ni yiliga qariyb 8,8% ni taşkil etadi. Biroq gap nominal dollar haqida bormoqda: natijaga inflyatsiya ham, söm kursi ham ta’sir qiladi.

Kontekst

2026-yilning uç çoragida iqtisodiyot bir yil avvalgi 8,0% ga nisbatan 8,3% ga ösdi. S&P kelgusidagi ösişni çeklovçi omillar qatorida oltin narxlariga boğliqlik, pul-kredit siyosati moslaşuvçanligining çeklanganligi hamda qarorlar markazlaşgan holda qabul qilinişini keltirib ötadi.

Şu mavzuda