Raqamli texnologiyalar jahon iqtisodiyotini rivojlantirish hamda mehnat bozorini oʻzgartirishda asosiy omillardan biriga aylanmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi, platformali bandlikning ommalashishi, sun’iy intellektning joriy etilishi va raqamli xizmatlarning taraqqiy etishi bandlik tuzilmasi, xodimlarning malakasiga qoʻyiladigan talablar hamda mehnatni tashkil etish tamoyillarini tubdan oʻzgartirmoqda. Bir vaqtning oʻzida yangi kasb va kompetensiyalar vujudga kelayotgan boʻlsa, an’anaviy sohalar texnologik oʻzgarishlarga moslashish zarurati bilan toʻqnash kelmoqda.

Jurnalistlar uchun ushbu mavzu nafaqat iqtisodiy yoʻnalishdagi maqola, balki ijtimoiy siyosat masalasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi tadqiqotlar qaysi tarmoqlar avtomatlashtirishga koʻproq moyilligini, sun’iy intellekt mehnat unumdorligi hamda bandlikka qanday ta’sir koʻrsatayotganini, qaysi koʻnikmalarga talab ortib borayotganini va iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi sharoitida qanday ijtimoiy-huquqiy muammolar paydo boʻlayotganini baholash imkonini beradi.

Ushbu boʻlimda raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish va sun’iy intellektning mehnat bozori, iqtisodiy oʻsish, inson kapitalini rivojlantirish hamda yangi bandlik modellarini shakllantirishga ta’siriga bagʻishlangan eng nufuzli xalqaro tadqiqotlar va tahliliy materiallar jamlangan.

Ish oʻrinlarining kelajagi toʻgʻrisidagi hisobot - Future of Jobs Report (World Economic Forum)
https://www.weforum.org/publications/the-future-of-jobs-report-2025/?gad_source=1&gad_campaignid=22228224717&gbraid=0AAAAAoVy5F6J4EnevD75VyZaMVFLjpvyT&gclid=Cj0KCQiA8KTNBhD_ARIsAOvp6DIby-RBw6yUKhvTv66PPflgI_I2yT_0pvdmT7uwznT-ZpOdMZtQ5WMaAgH8EALw_wcB
Hisobotni global iqtisodiy va texnologik tendensiyalarni oʻrganuvchi xalqaro tashkilot - Jahon iqtisodiy forumi e’lon qiladi. Tadqiqot texnologiya va avtomatlashtirishning mehnat bozoriga ta’sirini tahlil qiladi.

Mehnat kelajagi — Future of Work (McKinsey Global Institute)
https://www.mckinsey.com/mgi
Tadqiqot McKinsey xalqaro konsalting kompaniyasining tahliliy boʻlimi boʻlgan McKinsey Global Institute tomonidan chop etilgan. Hisobotlar avtomatlashtirish va raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotga ta’siriga bagʻishlangan.

Raqamli iqtisodiyot istiqbollari - Digital Economy Outlook (OECD)
https://www.oecd.org/digital
Hisobot Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan tayyorlangan. Tadqiqotda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va davlatlarning raqamli siyosati tahlil qilingan.

Raqamli rivojlanish tadqiqotlari - Digital Development Research (World Bank)
https://www.worldbank.org/en/topic/digitaldevelopment
Hisobotlar Jahon banki tomonidan chop etiladi. Tadqiqotlar raqamli infratuzilma, internetga kirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga bagʻishlangan.

Texnologiya va mehnat — Technology and Work (International Labour Organization)
https://www.ilo.org
Materiallarni BMTning ixtisoslashgan agentligi boʻlgan Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) e’lon qiladi. Tadqiqotlar texnologiyalarning bandlik va mehnat sharoitlariga ta’sirini tahlil qiladi.

Mehnat kelajagi — Future of Work Research (Brookings Institution)
https://www.brookings.edu/topic/future-of-work
Tadqiqotlarni AQShning yetakchi tahlil markazlaridan biri boʻlgan Brookings Institution nashr etadi. Ishlar mehnat bozorini avtomatlashtirish va oʻzgartirishga bagʻishlangan.

Raqamli iqtisodiyot - Digital Economy Lab (Stanford universiteti)
https://digitaleconomy.stanford.edu
Stenford universiteti qoshidagi Stanford Digital Economy Lab tadqiqot markazi texnologiyalarning iqtisodiyot va innovatsiyalarga ta’sirini oʻrganadi.

Mehnat kelajagi — Work of the Future Initiative (MIT)
https://workofthefuture.mit.edu
Massachusets texnologiya institutining (MIT) tadqiqot tashabbusi texnologiya va avtomatlashtirishning mehnat bozoriga ta’sirini tahlil qiladi.

Raqamli dividendlar - Digital Dividends Report (World Bank)
https://www.worldbank.org/en/publication/wdr2016
Tadqiqot Jahon banki tomonidan yillik global rivojlanish hisoboti doirasida e’lon qilingan. Hujjat raqamli texnologiyalarning iqtisodiy oʻsish va jamiyat rivojiga ta’sirini tahlil qiladi.

“Uzbekistan Digital Rights Media Initiative” (UDRMI) loyihasi Yevropa Ittifoqi (YI)ning moliyaviy koʻmagida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) tomonidan Legal Policy Research Centre (LPRC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.