Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 25-noyabr kuni muhokamaga qöyilgan bölib, u 10-dekabrgaça davom etadi. 26-noyabr oqşomiga kelib, portalda 97 ta taklif qoldirildi va körişlar soni 5 200 dan oşdi. Hujjat 2026-yil 26-maydagi PF-98-sonli farmon ijrosini ta’minlaş maqsadida işlab çiqilgan.

Quyidagiça hisoblaş taklif etilmoqda: ilmiy natijalarning sifati va xalqaro standartlarga muvofiqligi — 35 ballgaça, kengaş faoliyatining samaradorligi, şaffofligi va adolatliligi — 35 ballgaça, uning a’zolarining ilmiy salohiyati va faolligi — 30 ballgaça. Qoidabuzarliklar uçun jarima ballari çegirib taşlanadi, biroq bu 20 balldan oşmasligi lozim. Yuqori guruh — 85–100 ball, örta guruh — 71–84, quyi guruh — 56–70, past guruh — 55 va undan kam. Natijalar va hisoblaş uslubini Oliy attestatsiya komissiyasi saytida oçiq e’lon qiliş taklif etilmoqda.

Loyihaga köra, har bir guruhni turliça oqibatlar kutmoqda. Yuqori guruh uçun kengaş raisi, uning örinbosari va ilmiy kotibni byudjetdan taşqari mablağlar hisobidan rağbatlantiriş hamda ularning tajribasini ommalaştiriş tavsiya etiladi. Quyi guruhga esa kamçiliklarni bartaraf etiş, tarkibni qayta şakllantiriş va rahbariyatni qaytadan tasdiqlaş böyiça majburiy körsatma yuboriladi. Past guruhga nisbatan kengaş faoliyatini muddatidan oldin tugatiş, rais va ilmiy kotibni komissiya Rayosati belgilaydigan muddatga har qanday kengaş va ekspertizalardan çetlaştiriş, şuningdek, taşkilotga ayni şu mutaxassislik böyiça bir yil davomida yangi kengaş tuzişni taqiqlaş çoralari köriladi. Yopilgan va qayta şakllantirilayotgan kengaşlardagi talabgorlarning dissertatsiyalari esa boşqa kengaşlarga ötkaziladi.

Dissertatsiyalarni mustaqil ekspertizaga saralab oliş kengaş reytingi, plagiat hamda sun’iy intellektdan foydalaniş körsatkiçlariga boğlangan. Ekspertlar milliy va xorijiy olimlar reyestridan jalb etilib, saralaş jarayoni «inson omilisiz», anonim tarzda va manfaatlar töqnaşuvini istisno etgan holda amalga oşiriladi. Kengaşlar ustidan şikoyatlar faqat Yagona ilmiy attestatsiya tizimi orqali qabul qilinadi, anonim murojaatlar esa körib çiqilmaydi. Şikoyatlar majlislarning videoyozuvlari, elektron bayonnomalar va ovoz beriş natijalari asosida tekşiriladi.

Muhokamaning özida iştirokçilar körsatkiçlar va ularning uluşini komissiyaning özi tasdiqlaydigan uslubiyotda qoldirmasdan, töğridan-töğri Nizomga kiritişni hamda fan tarmoqlarining öziga xos xususiyatlarini hisobga olişni söramoqda. Maqola çop etiş narxi masalasini ham kötarmoqda: iştirokçilardan biri birinçi kvartilga kiruvçi jurnaldagi maqola 3 000 dollar turişini, assistentning maoşi esa 7,5 mln söm ekanligini yozgan. Şuningdek, tekşiruv dasturlari, ayniqsa özbek tilidagi matnlarda xatoga yöl qöyişini inobatga olgan holda, sun’iy intellektdan foydalaniş darajasi aynan qanday aniqlanişini söramoqda. Bundan taşqari, apellyatsiya jarayonida kengaş vakillariga tuşuntiriş beriş uçun ruxsat etilişini söramoqda.

Kontekst

Loyiha yuzasidan apellyatsiya natijalar e’lon qilingan kundan boşlab bir oy içida berilişi mumkin. Uni uşbu kengaşni ilgari baholagan ekspertlar kiritilmaydigan, xolis olimlardan iborat komissiya kengaş vakillari iştirokisiz, faqat tizimdagi raqamli ma’lumotlar asosida körib çiqadi. Körib çiqiş muddati bir oy bölib, u 15 kunga uzaytirilişi mumkin. Ilmiy darajalar beriş bilan boğliq barça jarayonlar hamda attestatsiya hujjatlari hozirça tajriba tariqasida joriy etilgan Ilmiy attestatsiya yagona axborot tizimi orqali elektron şaklga ötkazilmoqda.

Şu mavzuda