Taklif etilayotgan variant 11-sinfda bir vaqtning özida ham bitiruv, ham oliygoh yoki texnikumga kiriş sinovi hisoblanadigan yagona davlat imtihonini ötkazişni nazarda tutadi.

4-sinfda öqiş, matematika va tabiiy fanlar böyiça diagnostik testlar ötkaziş taklif etilmoqda — bu testlar baholanmaydi va öquvçining keyingi sinfga ötişiga ta’sir qilmaydi. 7-sinfda tavsiyaviy xarakterga ega natijalar bilan kasbiy qiziqişlar va mantiqiy fikrlaş qobiliyatlarini diagnostika qiliş közda tutilgan. 9-sinfda esa asosiy davlat imtihoni ötkaziladi; uning baholari attestatga kiritiladi hamda akademik litsey yoki texnikumga kirişda inobatga olinadi, şu bilan birga 10-sinfdan maktabda öqişni davom ettiriş huquqi ham saqlanib qoladi.

Yangi tartibni 2027/2028-öquv yili yakunida Toşkent şahri va Navoiy viloyatida sinovdan ötkaziş rejalaştirilgan bölib, tajriba natijalari öqişga kirişga ta’sir qilmaydi. 2028/2029-öquv yili oxiridan boşlab esa uni barça hududlarga tatbiq etiş möljallanmoqda.

Yagona davlat imtihonlari tizimi bahordan beri işlab çiqilmoqda: uni joriy etiş töğrisidagi prezident farmoni loyihasi 2026-yil 15-apreldan 30-aprelgaça jamoatçilik muhokamasidan ötgan edi. Loyihaga köra, 9-sinf bitiruvçilari uçun möljallangan asosiy davlat imtihoni bitiruv sinovlari hamda örta maxsus va boşlanğiç kasb-hunar muassasalariga kiriş imtihonlarini, yagona davlat imtihoni esa bitiruv hamda oliygohlar va kasb-hunar taşkilotlariga kiriş imtihonlarini birlaştiradi. Fanlar tarkibi ikkita majburiy fan — ona tili yoki davlat tili va matematika — hamda ikkita tanlov fani sifatida belgilangan. Loyihada röyxatdan ötiş davri 1-yanvardan 31-martgaça, imtihonlar esa may–iyul oylariga möljallangan bölib, umumta’lim fanlari va çet tili böyiça milliy yoki xalqaro sertifikat egalarini maksimal yoxud tabaqalaştirilgan ball qöygan holda tegişli imtihondan ozod qiliş taklif etilmoqda.

Kontekst

Aprel oyidagi loyihada sinov jarayoni 2026/2027-öquv yiliga rejalaştirilgan edi: asosiy davlat imtihoni — Navoiy va Farğona viloyatlarining ayrim şahar hamda tumanlarida, yagona davlat imtihoni — Qoraqalpoğiston va Toşkent viloyatida, respublika böylab joriy etiş esa 2027/2028-öquv yili oxiridan közda tutilgandi. Hozirgi sörovga qöyilgan variantda bu muddatlar bir yilga surilgan, Toşkent şahri va Navoiy viloyati esa tajriba hududlari sifatida körsatilgan. 9-sinfdagi imtihonlar tarkibi ham farqlanadi: sörovnomada ona tili va ikkita tanlov fani keltirilgan bölsa, loyihada ikkita majburiy va ikkita tanlov fani nazarda tutilgan edi.

Şu mavzuda