ÖRQ-1188-sonli Qonun «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Qonunga özgartirişlar kiritadi va uni «Kengaş soati» haqidagi yangi modda bilan töldiradi. «Kengaş soati»ni ötkaziş töğrisidagi taklifni deputatlar, doimiy komissiyalar yoki partiya guruhlari kiritişi mumkin, taklifni esa Kengaş Rayosati körib çiqadi. Taşabbuskorlar tomonidan şakllantirilgan savollar Kengaş raisi tomonidan tegişli hududdagi ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlariga yuboriladi, ular esa savollarga sessiyada javob beradi.

Rayosatning özi ham yangilik. Uning tarkibiga Kengaş raisi, uning örinbosari, partiya guruhlari rahbarlari, doimiy komissiyalar raislari va hokim kiradi. Rayosat sessiya kun tartibi loyihasini şakllantiradi, sessiyani çaqiradi, doimiy komissiyalar işini muvofiqlaştiradi va Kengaş işini taşkil etişning boşqa masalalarini öz a’zolari umumiy sonining köpçilik ovozi bilan qarorlar qabul qilgan holda hal etadi. Ilgari sessiyani çaqiriş va kun tartibini belgilaş jamoatçilik asosida işlaydigan raisning, u yöqligida esa eng köp mandatga ega bölgan partiya guruhi rahbarining işi edi.

Kengaş raisining örinbosari lavozimi ham paydo böldi. Rais va uning örinbosari Kengaş vakolati muddatiga saylanadi, işlagan davrida siyosiy partiyaga a’zolikni töxtatib turadi hamda doimiy komissiyalar va partiya guruhlariga kirişi mumkin emas. Nomzodlarni siyosiy partiyalar vakillaridan iborat guruh taklif etadi: uning tarkibiga Kengaş saylovida iştirok etgan har bir partiyadan deputatlar kiradi, guruh majlisini esa eng köp örin olgan partiya vakili olib boradi. Deputatlar umumiy sonining köpçilik ovozini olgan kişi saylangan hisoblanadi. Raisni yoki uning örinbosarini muddatidan ilgari ozod qiliş umumiy tarkibning kamida uçdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan deputatlar umumiy sonining uçdan ikki qismidan köproğining ovozi bilan qabul qilinadigan Kengaş qarori bilan amalga oşirilişi mumkin. Rais örinbosari bir vaqtning özida Kengaş kotibiyatining mudiri hisoblanadi, doimiy asosda işlaydi hamda kotibiyat xodimlarini özi tayinlaydi va ozod qiladi.

Kontekst

1993-yil 2-sentyabrdagi «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Qonunga özgartirişlar kiritildi. Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2026-yil 11-martda qabul qilingan, Senat tomonidan 18-mayda ma’qullangan, 12-noyabrda imzolangan va rasmiy e’lon qilingan kundan boşlab amal qiladi. Vazirlar Mahkamasiga öz qarorlarini qonunga muvofiqlaştiriş hamda respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining qonunga zid hujjatlari qayta körib çiqilişi va bekor qilinişini ta’minlaş topşirildi.

Şu mavzuda