PF-243-son Farmon 10-noyabrda imzolandi va 11-noyabrda e’lon qilindi. Hokimlik tegişli ma’muriy-hududiy birlik taşkil etilgunga qadar taşkil etiladi: hokim prezident tomonidan tayinlanadi, Vazirlar Mahkamasi esa ön kun içida taşkiliy çora-tadbirlarni tayyorlaşi va uç oy içida Yangi Toşkentning ma’muriy-hududiy birlik maqomi töğrisida taklif kiritişi kerak. Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir oy muddatda u yerda öz tuzilmalarini şakllantiradi, saqlaş xarajatlari respublika byudjetidan qoplanadi, hokimlikning özi esa loyiha ofisining sobiq binosiga joylaştiriladi.
«Sandbox» rejimi ikkita hududda joriy etiladi: maydoni 19 720,9 gektar bölgan Yangi Toşkent va maydoni 665,15 gektar bölgan Samarqanddagi «Şirin» massivi. Bu yerda barça summalar 0,6 pasaytiruvçi koeffitsiyent bilan hisoblanadi. Direksiya tomonidan bitta lot sifatida şakllantirilgan uçastkada joylaşgan, qiymati 50 million dollardan boşlanadigan loyiha iştirok etişi mumkin; savdo, turizm va xizmatlar uçun xalqaro brendlarni jalb qiliş talab etiladi.
Obyektlarni ijaraga beriş va sotişdan olingan foyda umumiy 15 foiz örniga 1 foiz15 foizlarni ijaraga beriş va sotişdan olingan foyda umumiy 15 foiz örniga 1 foiz stavkada soliqqa tortiladi: 50 million dollardan boşlanadigan töğridan-töğri investitsiyalarda — beş yil, 100 million dollardan — ön yil, 500 million dollardan — ön beş yil. Xorijiy pudratçilar xizmatlari QQSdan ozod qilinadi, dividendlar esa reinvestitsiya qilinganda 2040-yilgaça soliqdan ozod. Olib kiriladigan texnika va quriliş materiallari bojlardan ozod, biroq ularning qiymati loyiha hajmiga qarab investitsiya summasining 30, 50 yoki 70 foizidan oşmasligi kerak. Yillik mehnat haqi fondi 50 ming dollardan oşadigan xorijiy loyihaçi va muhandislar uçun jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği va ijtimoiy soliq 3 yilgaça 1 foizni taşkil etadi. Farmon quriliş uçun ruxsat 2035-yil 1-yanvargaça berilgan obyektlarga nisbatan amal qiladi.
Kontekst
Yangi Toşkentni quriş 2023-yil 20-iyuldagi PQ-232-son qaror bilan boşlangan. 12 oktyabrdagi investorlar bilan uçraşuvda prezident 20 ming gektardan tadbirkorlarga 94 gektar berilgani, 2 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritilganini aytdi. Şu farmon bilan vazirliklar va davlat ulüşi 50 foiz va undan ortiq bölgan kompaniyalar maxsus hududlarga köçiriladi, ularning Toşkentdagi binolari «E-auksion» orqali sotiladi.
Şu mavzuda