Biz internetni erkinlik makoni deb hisoblaşga örganib qolganmiz: xohlasang surat ulaşasan, xohlasang izoh yozasan, xohlamasang şunçaki yangiliklarni öqiysan. Ammo indamasak ham, ortimizda izlar qoladi. Har bir klik, har bir onlayn xarid, çöntakda smartfon bilan har bir yuriş mutaxassislar raqamli iz deb ataydigan narsani şakllantiradi.
Olimlarning hisob-kitoblariga köra, 2025-yilga borib dunyodagi har bir kişiga taxminan 5 ming gigabayt raqamli ma’lumotlar töğri keladi. Bu har birimiz haqimizda yozilgan ön minglab kitobga teng, faqat biz bu kitoblarni heç qaçon oçmaganmiz va yozmaganmiz. Suratlarimiz, layklarimiz, marşrutlarimiz, sörovlarimiz — barçasi çeksiz raqamli ma’lumotlar kutubxonasiga aylanadi.
Bu qörqiş yoki “oflayn”ga ketiş uçun sabab emas, balki zamonaviy ma’lumotlar dunyosi qanday işlaşini va öz raqamli izimiz bizga nimani örgatişi mumkinligini tuşuniş imkoniyatidir.
Raqamli iz nima?
Raqamli iz — bu biz tarmoqda qoldiradigan ma’lumotlar majmuasidir. Ularning bir qismi aniq: ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, fotosuratlar, elektron xatlar. Bunga aktiv iz deyiladi. Ammo boşqa tomoni ham bor — passiv iz: taşrif buyurilgan saytlar tarixi, geolokatsiya, qidiruv sörovlari, xaridlar haqidagi ma’lumotlar va hatto sahifalarda sarflangan vaqt. U avtomatik ravişda şakllanadi va biz ataylab heç narsa e’lon qilmasak ham saqlanib qoladi.
Ma’lumotlarni kim va nima uçun töplaydi?
Bu ma’lumotlarni raqamli dunyoning turli öyinçilari töplaydi. Ijtimoiy tarmoqlar ulardan bizga “qiziqişlar böyiça” yangiliklar va reklamalarni taklif qiliş uçun foydalanadi. Banklar şubhali operatsiyalarni öz vaqtida bloklaş uçun tranzaksiyalarni tahlil qiladi. Davlat tuzilmalari ma’lumotlarni statistika va xavfsizlik uçun qöllaydi. Kompaniyalar yangi mahsulotlarni taklif qiliş uçun xaridorlarning xatti-harakatlarini örganadilar. Garçi gap faqat nazorat haqida ketayotgandek tuyulsa-da, aslida raqamli iz bizga qulaylik ham beradi: kerakli saytlar tezroq topiladi, tavsiyalar moslaştiriladi, firibgarlik xavfi kamayadi.
Bizning izlarimiz öziga xos raqamli profilga aylanadi. Bir marta lağmon retseptini qidirsangiz, ertagayoq YouTube pazandaçilik videolarini, onlayn dökon esa ziravorlar töplamini taqdim etadi. Algoritmlar tarqoq harakatlarni özaro boğlaydi: qidiruv sörovlari, xaridlar, layklar, yönalişlar. Natijada qiziqişlarimiz, odatlarimiz va hatto kayfiyatimiz aks etgan portret paydo böladi. Ba’zan bu portret biz özimiz tasavvur qilganimizdan ham aniqroq bölib çiqadi.
Bunda şuni yodda tutiş kerakki, raqamli ma’lumotlarni saqlaş va ulardan foydalaniş qonun bilan tartibga solinadi. Xalqaro miqyosda BMT hujjatlari — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-y.) va Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro pakt (1966-y.) asos bölib, ular şaxsiy hayot daxlsizligi va unga noqonuniy aralaşuvdan himoyalaniş huquqini mustahkamlaydi. Özbekiston Pakt iştirokçisi bölib, uşbu normalar şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi milliy qonunçilikka asos bölgan. Xususan, ma’lumotlar bazalarini majburiy röyxatdan ötkaziş va ulardan noqonuniy foydalanganlik uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi “Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida”gi Qonunda (2019-y.) bu me’yorlar öz aksini topgan. Ular insonning öz raqamli izini nazorat qiliş va uni kim va qanday şaroitlarda saqlayotganini tuşuniş imkoniyatiga ega bölişi uçun kerak.
Raqamli iz nima uçun foydali?
Bunday profil foydali bölişi mumkin. U vaqtni tejaydi, ma’lumot qidirişni osonlaştiradi, qiziqişlar böyiça döstlar topişga yordam beradi. Ammo raqamli izning teskari tomoni ham bor. Bir paytlar e’lon qilingan ma’lumotlar internetda biz öylagandan köra uzoqroq yaşaşi mumkin. Algoritmlar ba’zan adaşadi va insonga xos bölmagan narsalarni unga nisbat beradi. Ortiqça şaxsiylaştiriş esa ba’zan filtrlar pufagiga aylanadi.
Raqamli izni butunlay öçiriş mumkin emas. Lekin uni boşqarişni örganiş qölimizdan keladi. Buni juda oddiy qadamlar bilan amalga oşiriş mumkin:
ijtimoiy tarmoqlar va brauzerda maxfiylik sozlamalarini tekşiriş,
ikki bosqiçli hisob himoyasini yoqiş,
eski va işlatilmayotgan profillarni öçiriş,
Google yoki Facebook kabi xizmatlardagi ma’lumotlaringiz tarixini muntazam ravişda tekşirib turiş,
qanday ma’lumotlarni ulaşişni ongli ravişda tanlaş.
Raqamli izning yana bir muhim jihati — ölimdan keyin ma’lumotlarimiz bilan nima sodir bölişi. Huquqşunoslar buni “raqamli meros” deb ataşadi: hisoblar, yozişmalar, suratlar va hatto virtual xaridlar önlab yillar davomida mavjud bölişi mumkin. Ba’zi hollarda bunday “raqamli profillar” “raqamli zombilar”ga aylanadi: sahifalar egasiz “yaşaşda” davom etadi. Bu mavzu tobora dolzarb bölib bormoqda va alohida suhbatni talab qiladi.
Raqamli iz — hayotimizning barmoq izlari kabi haqiqiy bir qismi. U bizga zamonaviy xizmatlardan foydalanişga yordam beradi, dunyoni qulayroq va tezroq qiladi. Ammo u biz uçun işlaydimi yoki bizga qarşi işlaydimi, aynan bizga boğliq. Oxir-oqibat, raqamli iz internet biz haqimizda nimalarni bilişi emas, balki özimiz dunyoga özimiz haqimizda nimalarni aytişga tayyorligimiz haqidadir.
Şu mavzuda
Internet hamma narsani eslab qoladi: bugungi kunda koʻrinmas boʻlib qolish mumkinmi?
Oʻzbekiston ma’lumotlar sizib chiqishi boʻyicha mintaqada yetakchi uchlikdan joy oldi
Diskleymer
“Uzbekistan Digital Rights Media Initiative” (UDRMI) loyihasi Yevropa Ittifoqi (EI)ning moliyaviy kömagida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantiriş markazi (MJDC) tomonidan Legal Policy Research Centre (LPRC) bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.