Toʻrtta yangi turdagi da’voni joriy etish, ayrim davlat organlarining qarorlari yuzasidan sudga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish hamda davlat organlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklarni tan olishni talab qilib, muddat cheklanmagan holda da’vo kiritishga ruxsat berish taklif etilmoqda. Ma’muriy sudlar diskretsion qarorlarning, ya’ni mansabdor shaxs bir nechta qonuniy variantdan birini tanlash huquqiga ega boʻlgan qarorlarning qonuniyligi va asosliligini tekshira oladi. Hokimliklar va mahalliy kengashlar hujjatlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyati ham muhokama qilinmoqda.
Kontekst
Ma’muriy sudlar 2017-yildan buyon faoliyat yuritib, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan bogʻliq nizolarini koʻrib chiqadi. 2026-yil aprelda Prezident moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini isloh qilishni qoʻllab-quvvatladi. PQ-138-sonli qarorga koʻra, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab davlat organining bekor qilingan yoki sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan qarori asosida undirilgan jarima va penya summalari 15 kun ichida qaytarilishi kerak.