Xizmat korxonaning soliq holatini kompleks tahlil qiladi, kamchiliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy tavsiyalar beradi. Qoʻmita uni «AI Korxona»ning takomillashtirilgan shakli deb ataydi.

Qolgan ikki xizmat murojaatlar bilan ishlaydi. «AI Muloqot» — soliq organlari bilan onlayn chat, u orqali xizmatlardan foydalanish tartibini bilish va murojaat yuborish mumkin. «AI Assistent» jismoniy va yuridik shaxslarning soliqqa oid savollariga javob beradi va tavsiyalar taqdim etadi.

Kontekst

Qoʻmita AI Soliqni sun’iy intellektga asoslangan yangi avlod raqamli platformasi deb ataydi. Ilgari unda «AI Call-markaz» — soliq toʻlovchilar bilan muloqotni avtomatlashtirish xizmati ishga tushirilgan edi.

Bu foydalanuvchilarga nima beradi. Tadbirkor yoki buxgalter kompaniyaning elektron raqamli imzosi (ERI) orqali kirib,