Darya Osmanova19-okt, 2026Iqtisodiyot
Elektr va gaz qishda: nima allaqachon ma’qullangan, nima hozircha faqat loyiha
Qishda gaz bilan isitmaydigan uy xoʻjaliklarining elektr uchun hisobi odatda oshadi. Hokimiyat “imtiyozli” bosqichni kengaytirishni taklif qilmoqda: asosiy me’yor chegarasini oyiga 200 dan 350 kVt·soatgacha koʻtarish va energiya uchun toʻlashda yordam beriladiganlar doirasini kengaytirish. Ammo me’yor hozircha faqat Prezident yigʻilishida ma’qullangan, toʻlovlar tafsilotlari esa 28-oktabrgacha muhokama uchun ochiq farmon loyihasida.