2-noyabr kuni Toşkentda Özbekistonda ilk bor ötkazilayotgan media iste’moli böyiça milliy tadqiqotning birinçi bosqiçi natijalari taqdim etildi: sörovnoma 2026-yil 8–19-sentyabr kunlari yaşaş joylarida şaxsan suhbatlaşiş usulida ötkazilib, unda barça 14 ta hududdan 18 va undan katta yoşdagi 1 411 nafar kişi (53,9 foizi şahar, 46,1 foizi qişloq aholisi) iştirok etdi. Loyiha Milliy ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uçun kontent tayyorlaş markazi hamda «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazining qöşma taşabbusidir. Fond direktori Jahongir Azimov mazkur tadqiqotni dastlabki, izlanuvçan xarakterdagi tadqiqot deb atadi: uning sözlariga köra, töliqroq manzarani şakllantiriş uçun har bir media turi böyiça batafsil tadqiqotlar ötkaziş zarur.

Yoş toifalari örtasidagi tafovut keskin. 18–24 yoşdagilar yangiliklarni asosan Telegram (66,2%) va ijtimoiy tarmoqlardan (54,4%), 55 yoşdan oşganlar esa televideniye (77,4%) hamda bosma matbuotdan olişadi. Şu bilan birga, söralganlarning 67,5 foizi televizor köradi, 64,8 foizi ijtimoiy tarmoqlardan, 86,1 foizi esa messenjer sifatida Telegramdan foydalanadi, 21,9 foizi radio tinglaydi. Telekanallar orasida davlatga qaraşli «Özbekiston 24» eng yuqori işonçga ega: tomoşabinlarning 41,7 foizi uni asosiy telekanal deb biladi, 52,8 foizi esa eng işonçli manba deb hisoblaydi.

Iştirokçilarning 46,6 foizi ommaviy axborot vositalarining asosiy muammosi sifatida yolğon xabarlar (feyklar) tarqalişini körsatgan bölib, ularga eng köp YouTube, Telegram va ijtimoiy tarmoqlarda duç kelişlarini ta’kidlaşgan. Sörov qatnaşçilarining 77,4 foizi yolğon ma’lumot tarqatuvçi OAV uçun javobgarlikni kuçaytiriş tarafdori bölgan. Şu bilan birga, respondentlarning 49,7 foizi söz erkinligi darajasini yuqori deb baholagan.

Şuningdek, kontent mazmuniga bölgan talab ham örganildi. Odamlarga narx-navo, bandlik va ijtimoiy himoya (41,3%), hamda aholining kundalik muammolari (40,6%) haqida ma’lumotlar yetişmayapti. Ommaviy axborot vositalaridan esa çuqurroq tahlil (27,6%) va turli nuqtai nazarlarning xolisona yoritilişi (22,5%) kutilmoqda. Syujetlarning bir xilligi va ayni bir dasturlarning takrorlanaverişi televideniyega bildirilgan asosiy e’tiroz sifatida qayd etildi.

Kontekst

Telegramda odamlar köproq respublika yangiliklarini öqiydi (55,2%), raqamli platformalarga esa ma’lumot beriş tezkorligi (48,6%) va kontentning istalgan vaqtda oçiqligi (31,0%) tufayli murojaat qiladi. Loyihaning ikkinçi bosqiçi — oltita hududdagi jurnalistlar, matbuot xizmati xodimlari va blogerlar uçun taşkil etiladigan öquv sessiyalaridir.

Şu mavzuda