2-noyabr kuni Toşkent şahridagi Mirzo Uluğbek nomidagi markaziy boğda (sobiq Telman boği) “Milee Plov Party” — Milee ta’lim platformasining norasmiy taqdimoti bölib ötdi. Uni “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantiriş markazi” va Germaniyaning DW Akademie media taşkiloti ötkazdi.

Uçraşuvga poytaxt oliy öquv yurtlari talabalari, xalqaro hamjamiyat va jamoat taşkilotlari vakillari, loyiha hamkorlari va taklif etilgan mehmonlar taşrif buyurişdi. Ular ilova bilan tanişdilar, dasturçilar bilan suhbatlaşdilar va oş bilan tuşlik qildilar.

Uçraşuv qanday ötdi?

Mehmonlar röyxatdan ötkazilib, nişonlar va esdalik sovğalari bilan, DJ musiqasi ostida kutib olindi. Rasmiy oçiliş marosimidan söng Milee jamoasi loyiha konsepsiyasi va uning nomining ma’nosi haqida sözlab berdi, söngra ilovaning qanday işlaşini namoyiş etdi. Ikkinçi qismda iştirokçilar dasturçilarga savollar berişdi va interaktiv viktorina savollariga javob berişdi. Eng faol iştirokçilarga sovğalar topşirildi.

Platforma nimalarga qodir?

Milee nomi Media + Information Literacy + Education + English (media, axborot savodxonligi, ta’lim, ingliz tili) degan ma’noni anglatadi. Bu onlayn ta’lim platformasi bölib, mobil ilova va veb-versiya sifatida işlaydi. Taşkilotçilarning sözlariga köra, u raqamli ta’limni qulay va mahalliylaştirilgan qiladi. Platformada quyidagilar mavjud:

  • kurslar — bepul va pullik, toifalar böyiça, öz tezligingizda örganiş mumkin;

  • ingliz, rus va mahalliy tillardagi materiallar — platforma Möğuliston, Qirğiziston va Özbekiston uçun möljallangan;

  • sun’iy intellekt va media savodxonligi böyiça modullar: tanqidiy fikrlaş, ma’lumotlar bilan işlaş, sun’iy intellektni tuşuniş;

  • şaxsiy kabinet: unda öqiş natijalari saqlanadi, röyxatdan ötgan foydalanuvçilar esa kurslar böyiça tavsiyalar oladi;

  • öquvçilar mavzularni muhokama qiladigan va savollar beradigan jamoa forumlari;

  • notijorat taşkilotlar uçun portal: ular öz kurslarini yuklab olişlari, dars berişlari va öz kontentlaridan daromad olişlari mumkin.

Foydalanuvçilar ikki xil böladi. Röyxatdan ötmagan mehmonlar bepul kontentni tomoşa qiladi va anonim örganadi. Röyxatdan ötgan foydalanuvçilar töliq kurslarga yoziladi, muhokamalarda iştirok etadi, öz rivojlanişini saqlaydi va tavsiyalar oladi.

Loyiha haqida

Platforma Faro Foundation Mongolia tomonidan DW Akademie kömagida fuqarolik jamiyati taşkilotlari, ta’lim muassasalari va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda yaratilgan. Taşkilotçilarning sözlariga köra, loyihaning maqsadi Markaziy Osiyoda raqamli tengsizlikni kamaytiriş hamda raqamli va media savodxonlik böyiça sifatli materiallardan foydalaniş imkoniyatini ta’minlaşdan iborat. Yoşlar, ayollar, notijorat taşkilotlar va ijtimoiy jihatdan zaif guruhlarga alohida e’tibor qaratildi. Kurslar katalogi va tafsilotlar platforma saytida mavjud.

Şu mavzuda