Blokirovkani Iordaniya jamoat xavfsizligi boşqarmasi e’lon qildi, uning bayonotini mamlakat davlat axborot agentligi 16-noyabrda tarqatdi. Idora bu çora raqamli xavfsizlikni mustahkamlaş doirasida qabul qilingani va amaldagi qonunçilikka mos kelişini bildirdi, biroq aniq qonunni nomlamadi. Çeklov joriy etilgan muddat körsatilmagan.

Özbekistonda bu qanday tartibga solinadi

Telegram Özbekistonda allaqaçon çeklangan edi: 2021-yil noyabrda Özkomnazorat unga va yana bir neçta ijtimoiy tarmoqqa kirişni taxminan ikki soatga töxtatdi, keyinroq blokirovka olib taşlandi. Öşanda şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonun asos bölib xizmat qilgan, hozir esa alohida huquqiy mexanizm amal qilmoqda. Saytlar va ularning alohida sahifalariga kirişni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunning 12¹-moddasiga muvofiq çeklaşi mumkin. Asoslar yettita: konstitutsiyaviy tuzumni va hududiy yaxlitlikni zörlik bilan özgartirişga çaqiriş, uruş, zöravonlik va terrorizmni, şuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm ğoyalarini tarğib qiliş, davlat sirlarini va qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni oşkor qiliş, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qözğatuvçi yoxud fuqarolarning şa’ni, qadr-qimmati yoki işçanlik obrösiga putur yetkazuvçi hamda ularning şaxsiy hayotiga aralaşişga yöl qöyuvçi axborotni tarqatiş, giyohvand moddalarni tarğib qiliş, pornografiyani tarğib qiliş hamda jinoiy va boşqa javobgarlikka sabab böladigan boşqa harakatlar. Foydalanişni çeklaş tartibining özi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentyabrdagi 707-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Messenjerlar uçun bildirişnoma nazarda tutilgan

Foydalanuvçilarning şarhlari, ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlarda taqiqlangan ma’lumotlar aniqlansa, sayt, sahifa yoki messenjer egasiga, şuningdek, blogerga uşbu ma’lumotlarni olib taşlaş haqida bildirişnoma yuboriladi. Bunday xabarnomalarni yuboriş tartibi xuddi şu qaror bilan tasdiqlangan, ular töğrisidagi band esa Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 807-sonli qarori bilan kiritilgan.

Kontekst

Hujjat böyiça tarqatilişi taqiqlangan ma’lumotlarga ega bölgan internet-resurslar reyestri Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari markazi tomonidan yuritiladi, reyestrga kiritilgan resurslardan foydalanişni çeklaş böyiça taşkiliy va texnik çoralar esa tegişli vazirlik tomonidan köriladi. 707-sonli qaror 2018-yil 6-sentyabrdan buyon amal qiladi va öşandan beri bir neçta marta özgartirilgan: giyohvand moddalarni tarğib qiliş töğrisidagi band 2019-yil 15-yanvardagi 34-sonli qaror bilan yangi tahrirda bayon etilgan, reyestr operatori 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qaror bilan qayta belgilangan, keyinçalik ham özgartirişlar kiritilgan, xususan 2021-yil 29-apreldagi 255-sonli qaror bilan.

Şu mavzuda