Bu raqamlar 2 noyabr kuni Şavkat Mirziyoyev rahbarligida mehnat migratsiyasi hamda maqsadli til va kasbiy tayyorgarlik masalalari böyiça ötkazilgan yiğilişda ma’lum qilindi. Farqning asosiy sababi sifatida nemis tilini biladigan kadrlar yetişmasligi körsatilgan.

Har bir hududdagi ikki-uçta texnikumda nemis tilini kasb bilan birga öqitişni yölga qöyiş vazifasi qöyildi. “Intil” xalqaro öquv markazida Telc kompaniyasi bilan birgalikda 100 nafar nemis tili öqituvçisini tayyorlaş allaqaçon boşlangan — kelgusi yilda ular hududlardagi texnikumlarga yuboriladi. Qöşimça ravişda maktab va texnikumlarda dars beriş uçun 500 nafar nemis tili sohibini jalb qiliş va oliy öquv yurtlarida nemis tili öqituvçilarini tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasini ikki barobar oşiriş rejalaştirilgan. Kelgusi yilda 10 ming kişi kasb-hunarga va nemis tiliga öqitilib, keyin Germaniyada işga joylaştiriladi.

Viloyatlar hokimlarining birinçi örinbosarlari “Intil” markazi tajribasini örganib, kelgusi yilda har bir hududda yagona mehnat migratsiyasi markazini oçadi — buning uçun har bir viloyatga 8 milliard söm ajratiladi. Bu yil 34 ta davlatda jami 287 ming kişini xorijda işga joylaştiriş mumkin, biroq fuqarolarni bu imkoniyatlar haqida xabardor qiliş tegişli darajada yölga qöyilmagan deb topildi.

Kontekst

Taşkiliy mehnat migratsiyasi sönggi yillarda 3 ta mamlakatdan 27 tagaça kengaydi, hamkorlik örnatilgan yirik xorijiy iş beruvçilar soni esa qariyb 400 taga köpaydi. Ön yilda xorijda işlayotgan özbekistonliklar soni ikki barobar kamaydi, ammo ularning oilalariga yuboradigan pullari hajmi tört barobar oşdi. Hududlar örtasidagi tafovut hamon katta: Farğona viloyatida xorijda işlayotgan bir kişi hisobiga örtacha oylik pul ötkazmasi 1 850 dollarni taşkil etadi, ba’zi hududlarda esa 400 dollarga ham yetmaydi. Yil boşidan mehnat migratsiyasidan 1 million 116 ming kişi qaytdi, yil oxirigaça ularning 250 mingtasiga iş topiş vazifasi qöyilgan.

Şu mavzuda