Zarina Saidova12-okt, 2026Texnologiyalar
Rossiyadagi Yandex ma’lumotlar markazlari toʻxtab qolgani sababli Oʻzbekistonda Yandex Go ishlamay qoldi
9 va 11-oktabr kunlari Oʻzbekistonda Yandex Go orqali taksi buyurtma qilish va yetkazib berish xizmatlari bir necha soat davomida ishlamadi. Nosozlik Rossiyadagi Yandex ma’lumotlar markazlari faoliyatining toʻxtashi bilan bogʻliq. Yoʻlovchilar narxlar va avtobuslar harakati haqidagi ma’lumotlarni koʻra olmagan, haydovchilarda esa «Yandex Pro» ilovasi ochilmagan. 12-oktabr holatiga koʻra, Yandex’ning bulutli platformasi favqulodda rejimda ishlamoqda. Kompaniya xizmatlar qachon toʻliq tiklanishini ma’lum qilmadi.