Toşkent şahar Soğliqni saqlaş bosh boşqarmasi boşliği Botirbek Isabekovning 2026-yil III çoragi yakunlari böyiça hisoboti 13-noyabrda Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining qarori bilan qayd etildi. Kasallanişning intensiv körsatkiçi har 100 ming aholiga 9,4 holatni taşkil etdi, bir yil avval — 10,3.
Qayerda köproq aniqlanadi
Yettita tumanda körsatkiç şahar böyiça örtaça darajadan yuqori: Bektemirda — har 100 ming aholiga 17,0, Mirobodda — 15,4, Uçtepada — 14,8, Yangihayotda — 11,1, Sergelida — 9,8, Yaşnobod va Yunusobodda — 9,7 tadan. Poytaxtda jami 10 382 kişi OIV bilan yaşaydi, ulardan 10 245 nafari kattalar, 137 nafari 18 yoşgaça bölgan bolalar.
Virus qanday yuqqan
307 ta yangi holatdan 233 tasida virus jinsiy yöl bilan yuqqan; 13 tasida (4,2 foiz) — tibbiy muolajalar orqali, 4 tasida (1,3 foiz) — notibbiy parenteral yöl bilan, 6 tasida (2,0 foiz) — giyohvand moddalarni tomir içiga qabul qiliş orqali. Qolgan 51 ta holat böyiça hisobotda yuqiş yöli körsatilmagan.
Kontekst
OIVga qarşi kuraşiş çoralarini 2023–2027-yillarga möljallangan kompleks dastur sifatida Prezidentning 2023-yil 20-yanvardagi PQ-14-son qarori tasdiqladi. Dasturga Davlat byudjeti, OITS, sil va bezgakka qarşi kuraşiş Global jamğarmasi, Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan 120 milliard söm va 54 million dollar yönaltirilmoqda. 2027-yilgaça Soğliqni saqlaş vazirligi «95-95-95» strategiyasiga ötişi va virusning onadan bolaga yuqişini töxtatişi lozim, hududlar hokimlari esa vazirlik bilan birgalikda hududiy yöl xaritalari ijrosini ta’minlaşi kerak.
2013-yil 23-sentyabrdagi asosiy qonunga (ÖRQ-353-son) köra, virus yuqqanlarni maxsus davolaş va ijtimoiy himoya qiliş bepul, ixtiyoriy tekşiruv esa maxfiy tarzda ötkaziladi va iltimosga köra anonim bölişi mumkin. Quyidagilar majburiy tekşiruvdan ötkaziladi: qon va biologik suyuqliklar donorlari, 50 yoşgaça nikohdan ötayotganlar, homilador ayollar, giyohvand moddalarni inyeksiya yöli bilan iste’mol qilişda gumon qilinayotganlar, OIV yuqqan onalardan tuğilgan bolalar, qon va a’zolar bilan aloqada bölgan tibbiyot xodimlari, şuningdek, jinsiy şerigida virus aniqlanganlar.
Şu mavzuda