Transport vazirining birinçi örinbosari Mamanbiy Omarov 16-oktyabrda Xitoy kompaniyasi taksi bozoriga 5 mingta avtomobil olib kirişni va öz ilovasini işga tuşirişni rejalaştirayotganini aytdi. Kompaniya nomi oşkor etilmagan. Keyinroq vazirlik matbuot xizmati aniqlik kiritdi: kompaniya bozorga haydovçilar bilan emas, balki öz avtomobillari bilan çiqmoqda, taşiş xizmatlarini esa mahalliy haydovçilar körsatadi.

Yönalişsiz taksini boşqarişga haydovçilik guvohnomasida «B» toifasi bölgan, 21 yoşga tölgan, tibbiy körikdan ötgan, kamida uç yillik stajga ega va Özbekiston fuqarosi bölgan şaxslar qöyiladi. Litsenziya kartoçkasi har bir transport vositasiga beriladi, litsenziya yoki u böyiça huquqlarni boşqa şaxslarga ötkaziş taqiqlanadi.

Qaror agregator uçun alohida şartlarni belgilaydi: faqat litsenziya kartoçkasiga ega bölgan taşuvçilarga xizmat körsatiş va buyurtmalarni unda körsatilgan hamda unga çegaradoş hududlarda — Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida — qabul qiliş. Agregator platformasi elektron fiskal çek ma’lumotlarini şakllantiriş uçun soliq organlarining axborot tizimlari bilan, uning axborot tizimlari esa Transport vazirligi va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tizimlari bilan integratsiya qilinişi lozim.

Avtomobillar yagona farqlaş belgilariga ega bölişi şart: tomida «TAXI» belgisi, yuridik şaxslarning avtomobillarida — maxsus seriyadagi davlat raqami va old hamda orqa eşiklarida kompozitsiyali qora kvadratlar, içida esa — haydovçining fotosurati, iş hududi, litsenziya kartoçkasining raqami va muddati körsatilgan taksi pasporti. Xuddi şu hujjat bilan Adliya vazirligiga, agar taşuvçi litsenziyasiz işlagan bölsa, agregatorning yölovçi hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan zarar uçun subsidiar javobgarligi töğrisidagi qonun loyihasini kiritiş topşirilgan.

Kontekst

2025-yil 15-apreldan 2026-yil oxirigaça Toşkent şahrida eksperiment ötkazilmoqda: özini özi band qilgan şaxslar litsenziya kartoçkasi uçun yiliga bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari miqdorida davlat boji tölaş şarti bilan haydovçidan taşqari törttadan ortiq va sakkiztadan köp bölmagan örindiqli avtomobillarda yönalişsiz taksilarda işlaşlari mumkin.

Şu mavzuda