Agar ayollardan zöravonlikka duç kelganmi, deb söralsa, har ikkinçisi, agar birinçisi bölmasa, «ha» deb javob berişi mumkin. Iflos işoralarni eşitmagan, ruxsatsiz teginişlardan qoçmagan, «yöq»ga javoban tahdid eşitmagan yoki «yöq» «ayolning ha»si degani emasligini isbotlamagan baxtli ayollar kam. Bundan taşqari, kökarişlar qoldirmaydigan zöravonlik ham bor: «Sen kimga keraksan», «Mensiz sen heç kimsan», «Bu köylakda bormaysan», «Sen u bilan döstlaşmaysan, u senga yomon ta’sir qiladi» — köpçilikka tanişmi? Kimdir öz pulini özi boşqara olmaydi, kimnidir qarindoşlari oldiga qöyişmaydi, bolasiga pul berişmaydi, işlaşga ruxsat berişmaydi. Endi esa kutilmaganda nomaqbul körinişda yaratilgan video yoki fotosurat kelib qolişi va uni tarqatiş bilan tahdid qilinişi mumkin. UN Women ma’lumotlariga köra, dunyodagi ayollarning 44 foizi raqamli zöravonlikdan qonun bilan himoyalanmagan. Özbekistonda bu haqda alohida qonun hozirça yöq, prezidentning 2026-yil 3-martdagi ayollar va bolalarni himoya qiliş töğrisidagi farmoni esa masalani faqat örganişni topşirgan.
Endi qonun haqida. Şahvoniy şilqimlik uçun jarima BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça, ya’ni taxminan 4,4–6,6 million söm yoki ön sutkagaça qamoq belgilandi. Ilgari 2 baravardan 5 baravarigaça edi. Işonarli eşitiladi, xursand bölişga arziydi.
Ammo men yana yuz marta söraydigan savolni beryapman: körilgan çoralar yetarlimi va allaqaçon mavjud çoralar işlayaptimi? Çoralar bor, ammo ularning samaradorligi haqida javob yöq. 2025-yilning birinçi yarmida ayollarga nisbatan zöravonlik va tazyiqning 48,3 ming holati qayd etilgan, bu avvalgi yilga nisbatan 121 foizga köp. Senator Oila va xotin-qizlar qömitasidan tuşuntiriş söradi. Içki işlar vazirligi buni şunday izohladi: ayollar öz huquqlarini yaxşiroq bilişadi va tez-tez murojaat qilişadi, ya’ni zöravonlik emas, balki arizalar soni ösmoqda. Mantiqli eşitiladi. Ammo murojaatlarga qarab birini ikkinçisidan ajratib bölmaydi. Buning uçun aholi örtasida sörovnoma kerak. Men bunday sörovnomani topmadim.
2026-yil boşida senatorlar Toşkentga nazar soldi: yanvar va fevral oylarida jabrlangan ayollar soni 24,7 foizga oşdi, bu yil esa tajovuzkorlarni tuzatiş dasturlariga heç kim yönaltirilmadi. Bir yil avval u yerga ön kişi yöborilgan edi. Bu ularga yordam berdimi, noma’lum, çunki bu ma’lumotlar e’lon qilinmagan.
Va mana, zöravonlikka uçrayotgan ayol qörquvini yengib, jasorat toplab, ariza beradi. Keyin nima böladi? BMT Taraqqiyot dasturining zöravonlik bilan boğliq ma’muriy huquqbuzarliklar böyiça 2025-yilda e’lon qilingan, ammo 2023–2024-yillardagi işlarni hisobga olgan tadqiqotiga köra, işlarning yuzdan biridan kamroğida advokat iştirok etgan, huquq himoyaçilarining ma’lumotlariga köra esa, oilaviy zöravonlik bilan boğliq işlarning 55 foizdan ortiği yaraşuv bilan tugatiladi. Bular ötgan yillardagi raqamlar, men esa ular özgarişini istayman. Ammo hozirça bunday bölganiga dalil topmadim.
Zöravonlikka qarşi kuraşiş — bu faqat qabul qilingan qonunlar soni yoki jarima miqdori emas. Jarimani faqat işi sudgaça yetib borgan kişi tölaydi, oilada esa u umumiy byudjetdan tölanadi. BMTTD tahliliga köra, 59 foiz hollarda qoidabuzarning umuman işi bölmagan. Unda kimni jazolayapmiz? Va bu oilada keyin nima böladi?
Zöravonlikka rasmiy, «ayol şunday qilişi kerak» pozitsiyasidan yondaşilar ekan, bu toşni joyidan qözğatib bölmaydi. «Zöravonlikka qarşi 16 kun» kampaniyasining mavzusi bu yil aynan adolat, jabrlanganlarni himoya qiliş va jazosizlikka barham beriş. Körib çiqamiz, buning ortida amaliy jihatdan samarali biror narsa bölarmikan.
Şu mavzuda