Bayonotda aytilişiça, Tojikiston Xalqaro jinoyat sudining Rim statuti böyiça öz majburiyatlarini bajarmagan va statutda közda tutilgan jinoyatlar jazosiz qolmasligi kerak. Gap Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarning noqonuniy deportatsiya qilinişi va köçirilişi munosabati bilan XJS tomonidan berilgan order haqida bormoqda.

Yevropa Ittifoqi barça davlatlarni sud bilan töliq hamkorlik qilişga, jumladan, amaldagi hibsga oliş orderlarini zudlik bilan ijro etişga va u bilan ixtiyoriy hamkorlik töğrisida kelişuvlar tuzişga çaqirdi hamda sudning Ukraina böyiça tergovlarini qöllab-quvvatlaşini tasdiqladi.

BMT Boş kotibi statut depozitariysi sifatida Tojikistonning çiqişi töğrisidagi bildirişnomani 2026-yil 20-noyabr kuni qabul qildi, u C.N.506.2026 raqami ostida röyxatga olingan. Statutning 127-moddasiga muvofiq, çiqiş 2027-yil 20-noyabrda kuçga kiradi, ya’ni uşbu sanagaça iştirokçining majburiyatlari saqlanib qoladi.

Özbekiston 2000-yil 29-dekabrda Rim statutini imzolagan, biroq uni ratifikatsiya qilmagan, şu bois Xalqaro jinoyat sudi a’zosi hisoblanmaydi va uning orderlarini ijro etmaydi.

Kontekst

Tojikiston 1998-yil 30-noyabrda statutni imzolagan va 2000-yil 5-mayda ratifikatsiya qilgan. Yevropa taşqi aloqalar xizmati order berilganidan keyin Vladimir Putinni qabul qilgan davlatlar böyiça ilgari ham bayonotlar bergan — jumladan, uşbu statut a’zosi bölgan Möğulistonga amalga oşirilgan taşrif yuzasidan ham.

Şu mavzuda