Mazkur bildirişnoma BMT şartnomalar reyestrida C.N.506.2026 raqami ostida qayd etilgan. Tojikiston Rim statutini 1998-yil 30-noyabrda imzolagan va 2000-yil 5-mayda ratifikatsiya qilgan edi.
2026-yilda statutdan çiqiş haqida jami yettita davlat xabardor qildi. Tojikistonga qadar Niger (18-iyun), Burkina-Faso va Mali (24-iyun), Venesuela (24-iyul), Çad (27-iyul) hamda Nauru (23-sentyabr) şunday qadam taşlagan edi; ularning har biri uçun statutdan çiqiş bildirişnoma yuborilganidan roppa-rosa bir yil ötib kuçga kiradi. Vengriya esa 2025-yil 2-iyunda çiqiş haqida xabarnoma yuborgan bölsa-da, 2026-yil 29-mayda uni qaytarib oldi.
Özbekiston Rim statutini 2000-yil 29-dekabrda imzolagan, biroq uni ratifikatsiya qilmagan. Şu bois mamlakat Xalqaro jinoyat sudi iştirokçisi hisoblanmaydi va uning orderlarini bajariş majburiyatiga ega emas. Reyestrning 2026-yil 23-noyabr holatidagi ma’lumotlariga köra, statutni jami 137 ta davlat imzolagan bölib, ulardan 125 tasi uning iştirokçisi hisoblanadi.
Kontekst
Rim statuti 1998-yil 17-iyulda Rim şahrida qabul qilingan va 2002-yil 1-iyuldan kuçga kirgan. Hozirgi tölqinga qadar, 2016-yil oktyabrda Burundi va 2018-yil martda Filippin statutdan çiqiş haqida bildirişnoma yuborgan va yakunda ikkala davlat ham undan çiqqan edi. Janubiy Afrika va Gambiya esa 2016-yilda bergan öz bildirişnomalarini keyinçalik qaytarib olgan.
Şu mavzuda