Özbekiston nima taklif qildi
Uçraşuv 6-noyabr kuni Astanada bölib ötdi va sun’iy intellekt sohasidagi xavfsizlik masalalariga bağişlandi. BMTning mintaqaviy ofisidan taşqari, Mirziyoyev «Inson manfaatlari yölida raqamli rivojlaniş» taşabbusini ilgari surdi — uning maqsadi sun’iy intellekt salohiyatini bilim tarqatiş va şaxsni rivojlantiriş imkoniyatlarini kengaytirişga yönaltirişdan iborat. Özbekiston, şuningdek, BMTning sun’iy intellektni boşqariş böyiça global muloqotini qöllab-quvvatladi.
Uçinçi taklif diniy ma’rifatga taalluqli: Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida «Raqamli davrda jaholatga qarşi ma’rifat» xalqaro dasturini işga tuşiriş taklif etildi. Uning vazifalari — islomning insonparvarlik qadriyatlarini tarğib qiluvçi köp tilli manbalar, diniy arboblarni axborot muhitida işlaşga tayyorlaş va yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş.
Kimlar iştirok etdi
Uçraşuvda Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Iordaniya qiroli Abdulla II, şuningdek, Ozarbayjon va Qirğizistonning yuqori martabali vakillari iştirok etdi. Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş, raqamli texnologiyalarning rivojlanişi bilan boğliq yangi tahdidlar va radikallaşuvning oldini oliş mexanizmlari, ayniqsa yoşlar örtasida, muhokama qilindi.
Aqaba jarayoni nima
Bu Iordaniya qiroli Abdulla II taşabbusi bölib, 2015-yilda boşlangan. Uning maqsadi mintaqaviy va xalqaro iştirokçilar örtasida xavfsizlik sohasidagi muvofiqlaştiriş va hamkorlikni kuçaytiriş, şuningdek, terrorizmga qarşi kuraşni kompleks tarzda olib borişdan iborat. Raundlar faqat Iordaniyada ötkazilmaydi: uçraşuvlarga Albaniya, Niderlandiya, Nigeriya, AQŞ, BMT va Singapur mezbonlik qildi.
Kontekst
Özbekiston uçun bu şu mavzudagi ikkinçi maydon: Samarqandda birinçi ekspert «Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus muloqoti» ötmoqda. Muloqot mavzusi — «Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş». Unda 24 davlat va beşta xalqaro tuzilmadan 33 delegatsiya iştirok etmoqda, raislik qiluvçi — DXX rahbari Bahodir Qurbonov. Prezident uşbu muloqot iştirokçilariga alohida murojaat yölladi.
Mamlakat içida bu sohadagi qonunçilik şu hafta yangilandi: 2-noyabrdagi ÖRQ-1185 qonuni 3-noyabrdan kuçga kirdi. Unga köra, ekstremistik materiallarni tayyorlaş va saqlaş böyiça birinçi qoidabuzarlik jarima yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoq bilan jazolanadi, taqiqlangan taşkilotlarda iştirok etganlik uçun beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan, şuningdek, ekstremistik taşkilotlar va materiallarning elektron reyestri nazarda tutilgan.
Şu mavzuda