Özgartirişlar 2-noyabrdagi ÖRQ-1185-sonli qonun bilan kiritildi. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning yangi normasiga köra, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 50–100 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 100–150 baravarigaça jarima solinadi yoki huquqbuzarlik predmeti musodara qilinib, 15 sutkagaça ma’muriy qamoq tayinlanadi. 1 sentyabrdan boşlab BHM 440 000 sömni taşkil etadi: fuqarolar uçun 22 mln sömdan 44 mln sömgaça, mansabdor şaxslar uçun 44 mln sömdan 66 mln sömgaça. Norma ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik ğoyalarini tarğib qiluvçi materiallarni, qirğinlar va majburiy köçirişlarga çaqiruvlarni, vahima uyğotişga qaratilgan matnlarni, şuningdek, ekstremistik va terroristik taşkilotlarning atributlari va ramzlarini qamrab oladi.
Qonun kuçga kirgunga qadar xuddi şu harakatlar Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi bilan jazolanar edi: tarqatiş maqsadida tayyorlaş yoki saqlaş — BHMning 200 baravaridan 400 baravarigaça miqdorda jarima, axloq tuzatiş işlari, ozodlikni çeklaş yoki uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş; har qanday şaklda tarqatiş — BHMning 300 baravaridan 400 baravarigaça miqdorda jarima, ozodlikni çeklaş yoki uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş; oğirlaştiruvçi alomatlar mavjud bölsa, şu jumladan internetdan foydalanilganda — beş yildan sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş. Qonun loyihasi haqidagi xabarlarga köra, takroriy qoidabuzarlik uçun jinoiy javobgarlik saqlanib qoladi, biroq 244-1-moddaning ta’rifi qanday özgartirilgani haqida e’lon qilingan qonun matnlarida aytilmagan.
Ikkinçi özgartiriş Jinoyat kodeksiga tegişli: ekstremistik, separatistik, fundamentalistik va boşqa taqiqlangan taşkilotlarda iştirok etganlik uçun beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilandi. Amaldagi 244-2-modda taşkil etiş, rahbarlik qiliş va iştirok etiş uçun birgalikda beş yildan ön beş yilgaça muddat belgilaydi. Bundan taşqari, barça qonun hujjatlarida “diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm”ga almaştirildi, tegişli qonunga kiritilgan özgartirişlar esa ekstremistik taşkilotlar va materiallarning elektron reyestrini nazarda tutadi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.
Kontekst
Qonun loyihasi Qonunçilik palatasi tomonidan 2026-yil 28-aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan avgust oyida ma’qullangan, qonun esa 2-noyabr sanasi bilan chiqarilgan. Ekstremistik materiallarni olib kiriş, tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş va namoyiş etiş “Ekstremizmga qarşi kuraş töğrisida”gi qonunning 11-moddasida taqiqlangan. Ertasi kuni, 3-noyabrda Oliy sud 2057 ta taqiqlangan manba va materiallar röyxatini e’lon qildi.
Şu mavzuda