Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 4 noyabr kuni e’lon qilindi, muhokama 19 noyabrga qadar davom etadi. Hujjat hukumatning 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomni yangi bob bilan töldiradi va 2026-yil 5-martdagi “Farmatsevtika sohasida işlab çiqarişni rağbatlantiriş töğrisida”gi PF-35-sonli farmonni bajariş maqsadida tayyorlanmoqda. Qarorning ijrosini nazorat qiliş Soğliqni saqlaş vaziri E. Adilov zimmasiga yuklanadi.

Onlayn-savdo uçun dorixonaga kerakli saqlaş şaroitlariga ega bölgan buyurtmalarni beriş punkti, öz veb-sayti yoki mobil ilovasi yoxud elektron savdo platformasi operatori yoki buyurtmalar agregatori bilan tuzilgan şartnoma, şuningdek, öz transporti yoki yetkazib beriş xizmati bilan tuzilgan şartnoma kerak böladi. Transport preparat yöriqnomasidagi harorat, namlik va yoruğlik rejimini saqlab turadigan uskunalar bilan jihozlangan bölişi kerak; şartnomani imzolaşdan oldin dorixona yetkazib beriş xizmati buni uddalay olişini baholaşi şart. Dorilarni boşqa yuklar bilan birga taşiş taqiqlanadi. Vitrinada dorixonaning töliq nomi, STIR, manzili, litsenziya raqami, uning amal qiliş muddati va uni bergan organ körsatilişi kerak böladi, har bir tovar böyiça esa — xalqaro patentlanmagan va savdo nomi, şakli, dozasi, seriyasi, yaroqlilik muddati, işlab çiqaruvçi mamlakati, yöriqnomasi, çakana narxi, qoldiği, savdo ustamasi miqdori va muvofiqlik sertifikati (majburiy sertifikatlanişi kerak bölganlar uçun), şuningdek, analoglar va yetkazib beriş şartlari töğrisidagi ma’lumotlar.

Bloklaş mexanizmi alohida yozilgan: u dorixonaning platforma operatori yoki agregator bilan şartnomasi şarti sifatida mustahkamlanadi. Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining söroviga köra, Raqamli texnologiyalar vazirligi sifatsiz, qalbakilaştirilgan, röyxatdan ötkazilmagan, majburiy raqamli markirovkadan ötmagan dori vositalari, retsept böyiça beriladigan dori vositalari yoki referent narxidan yuqori bölgan tovarlar joylaştirilgan sayt, uning sahifalari yoki mobil ilovasiga kirişni çeklaşi mumkin. Bunda platforma operatorlari va agregatorlar böyiça materiallar Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yuborilişi mumkin. Operatorning özi qalbakilaştiriş alomatlari aniqlanganda bu tovar taklifini töxtatişi va markazga darhol, lekin 24 soatdan keçiktirmay xabar berişi şart.

Xaridor qabul qiliş paytida oʻramning butunligini va buyurtmaning muvofiqligini tekşiradi hamda rad etişi mumkin — kuryer buning sababini elektron tizimda qayd etadi va bildirişnoma avtomatik ravişda platforma operatori hamda dorixonaga yuboriladi. Agar xaridor bilan boğlaniş imkoni bölmasa, buyurtma dorixonaga qaytariladi: uni uç kun içida olib ketiş mumkin, takroriy yetkazib beriş pullik, talab qilib olinmagan buyurtma esa yöq qilinadi. Tovarni almaştiriş va pulni qaytariş böyiça nizolarni loyiha Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasiga yönaltiradi.

Kontekst

Xuddi şu loyiha bilan dorixonalarga sifatsiz, qalbakilaştirilgan, röyxatdan ötkazilmagan va majburiy raqamli markirovkalanişi lozim bölgan, lekin markirovkalanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni, röyxatdan ötkazilgan referent narxlari bölmagan retsept böyiça beriladigan dori vositalarini, şuningdek, Özbekistonda röyxatdan ötkazilgan dori vositalarining noqonuniy nusxalarini sotib oliş, çakana sotiş va ulardan foydalaniş taqiqlanadi. Ulgurji taşkilotlar uçun bunday dori vositalarini sotib oliş va ulgurji sotişni taqiqlaş ham belgilangan.

Şu mavzuda