Ishlab chiqarish ikki hududda toʻplangan: Toshkent shahriga 2,4 trln soʻm, Sirdaryo viloyatiga 913,7 mlrd soʻm toʻgʻri keladi, bu jami hajmning 75 foizini tashkil etadi. Undan keyin katta farq bilan Toshkent viloyati (332,5 mlrd), Namangan (256,5 mlrd) va Samarqand (167,6 mlrd) turadi. Navoiy viloyatida 0,3 mlrd soʻmlik, Jizzax viloyatida 0,1 mlrd soʻmlik dori vositalari ishlab chiqarildi.

Kontekst

Miqyosni koʻrsatish uchun: 2025-yilda mahalliy farmatsevtika korxonalarining mahsuloti 7,3 trln soʻmni tashkil etdi — Spot keltirgan kurs boʻyicha taxminan 0,6 mlrd dollar, dori vositalari importi esa Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktorining soʻzlariga koʻra 1,78 mlrd dollarga yetdi. Bu qaramlikni kamaytirish vazifasi Prezidentning PF-35-sonli farmonida belgilangan: ishlab chiqarishni 8,5 trln soʻmga yetkazish, 350 ta yangi turdagi mahsulot chiqarishni yoʻlga qoʻyish va eksportni 300 mln dollarga oshirish. 4,4 trln soʻmni bu mezon bilan bevosita taqqoslab boʻlmaydi: Milliy statistika qoʻmitasi faqat yirik korxonalar boʻyicha ma’lumot keltiradi. Bemor uchun mahalliy dorilarning bozordagi ulushi muhim: 5-mart kuni prezident bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda uni 2030-yilgacha 70 foizga yetkazish maqsad qilingan. Farmatsevtika agentligi esa joriy yilda dori importini 15,4 foizga kamaytirib, 1,6 mlrd dollargacha tushirishni rejalashtirgan edi, bunga oʻz ishlab chiqarishini oshirish va referent narxlarni pasaytirish hisobidan erishilishi kutilgan edi.