11-noyabr kuni yalpi majlisda söylagan nutqida prezident muzliklarning erişi, suv tanqisligi va ekstremal qurğoqçilikni mintaqa uçun ösib borayotgan tahdidlar deb atadi. Birinçi yönaliş — axborot: Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavf-xatarlari töğrisida ma’lumot almaşiş infratuzilmasini yaratiş, dastlabki bosqiçda erta ogohlantiriş tizimini yölga qöyiş, söngra sekin kechadigan tabiiy ofatlarni birgalikda monitoring qiliş mezonlari va mexanizmlarini şakllantiriş. Ikkinçisi — texnologik: «EKO-EKSPO» körgazmasini doimiy investitsiya-texnologik maydonçaga aylantiriş. Uçinçisi — moliyaviy: rivojlaniş banklari va maqsadli jamğarmalar bilan imtiyozli grantlar hamda «koʻk» va «arid» moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqiş. Mirziyoyev modelni dunyoning boşqa manfaatdor mintaqalarida ham qöllaşni taklif qildi.

Öşa nutqda milliy körsatkiçlar ham keltirilgan. Issiqxona gazlari emissiyasini YAIM birligiga nisbatan 35 foizga qisqartiriş maqsadi muddatidan oldin bajarildi, yangi möljal — 2035-yilga borib 50 foizga qisqartiriş. Tört yildan keyin generatsiyada qayta tiklanuvçi manbalar uluşi 54 foizga yetişi kerak. Ön yil içida iqtisodiyotning suv siğimi deyarli ikki barobarga, suv oliş esa beşdan bir qismga qisqardi, suv tejovçi texnologiyalar suğoriladigan yerlarning 60 foizdan ortiğini qamrab oldi. Örmon ekilgan maydon olti million gektarga köpaytirildi, ularning uçdan bir qismi Orolböyida barpo etildi, çiqindilarni boşqariş strategiyasiga esa uç milliard dollardan ortiq sarmoya kiritilmoqda. Kelgusi yildan boşlab Özbekiston Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qiladi.

Yalpi majlisda 90 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari iştirok etmoqda, konferensiya Turkiya va Avstraliya hamraisligida ötmoqda. Antaliyadagi sammit doirasida Mirziyoyev BMT Boş kotibining örinbosari, BMTning Çöllanişga qarşi kuraş konvensiyasi ijroçi kotibi Yasmin Fuad va BMTTD ma’muri Aleksandr De Kroo bilan uçrasuvlar ötkazdi.

Kontekst

28 oktyabr kuni Yaşil iqlim jamğarmasi kengaşi 264,4 million yevrolik CLiCA mintaqaviy dasturini ma’qulladi, şundan 103,7 million yevro Özbekistonga yönaltiriladi. COP31da Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari Özbekiston tomonidan ilgari surilgan, iqlim özgarişi şaroitida aholi harakatçanligiga bağışlangan «Ipak yöli» deklaratsiyasini imzoladi.

Şu mavzuda