Mintaqada daryo oqimi me’yordan past yoki sezilarli darajada past boʻldi. Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Afgʻonistondagi suv omborlariga suv oqimi 1991–2020-yillarga nisbatan kamaydi. Eng murakkab vaziyat Amudaryo va Sirdaryo kiradigan Orol dengizi havzasida. Mintaqa daryolari oqimining yarmidan koʻpi qor va muz hisobiga shakllanadi.
Kontekst
2023–2025-yillarda dunyo muzliklari taxminan 1400 gigatonna suv yoʻqotdi. Avgust oyida BMTning choʻllanishga qarshi kurash konvensiyasi Markaziy Osiyoda 80 mln gektardan ortiq yer degradatsiyaga uchraganini ma’lum qildi — bu hududning taxminan choragi. Bu yerlarda taxminan 24 mln kishi yashaydi, yillik zarar esa 2–6 mlrd dollar deb baholanmoqda.