Aholini röyxatga olişning yakuniy natijalariga köra, 2026-yil 15-yanvar holatiga Özbekistonda 39 047,3 ming nafar doimiy aholi röyxatga olingan. Avvalgi aholini röyxatga oliş 1989-yilda ötkazilgan bölib, 37 yil davomida uning ma’lumotlariga tabiiy ösiş va migratsiya saldosi qöşib hisoblangan, röyxatga olişlar oraliğidagi davrda esa haqiqiy son bilan tafovut töplanib boradi. Şu sababli xalqaro metodologiya böyiça 2010–2026-yillardagi ma’lumotlar ham qayta hisoblab çiqildi: barça yillarda aholi soni avval e’lon qilinganidan köp bölib çiqdi, 2011–2026-yillarda esa farq 1,9–2,1 foizni, ya’ni 565,7 mingdan 786,9 ming kişigaça taşkil etdi.

Asosiy özgariş şahar va qişloq örtasidagi nisbatdir. 2026-yil 1-yanvar holatiga köra, şahar aholisi 1 792,5 ming kişiga köpaygan, qişloq aholisi esa 1 005,6 ming kişiga kamaygan. Buning sababi şundaki, joriy hisob doimiy röyxatga olişga asoslanadi: odamlarning bir qismi qişloq aholi punktida röyxatdan ötgan holda amalda şaharda yaşaydi, bir tuman içida qişloqdan şaharga köçiş esa amaldagi metodologiya böyiça umuman migratsiya hisoblanmaydi. Aholini röyxatga oliş esa odamlarni haqiqiy yaşaş joyi böyiça hisoblagan.

Aholining tarkibi ham aniqlaştirildi. Erkaklar soni 19 754,2 ming kişini taşkil etdi — bu avvalgi ma’lumotlardan 496,5 ming kişiga köp; ayollar soni 19 269,4 ming kişi — 290,4 ming kişiga köp; erkaklar uluşi esa 50,4 foizdan 50,6 foizga oşdi. Eng köp 40–49 yoşdagilar guruhi köpaydi — 210,5 ming kişiga, 25–29 va 30–34 yoşdagilar guruhlarida esa, aksinça, aholi 120 mingga kamaydi. Mehnatga layoqatli yoşdagi aholi 21 727,7 ming kişini taşkil etdi, örtaça yoş — 29,6 yoş, 2025-yil uçun tuğilişdagi kutilayotgan umr davomiyligi esa 75,4 yoşdan 76,4 yoşgaça qayta körib çiqildi.

Kontekst

Qayta hisoblaşda 2010–2026-yillardagi 19 ta ma’muriy-hududiy özgariş — yangi tuman va şaharlarning taşkil etilişi hamda qişloq hududlarining şaharlarga aylantirilişi hisobga olingan. Aholini röyxatga olişda, şuningdek, tuğilişi belgilangan tartibda qayd etilmagan odamlar ham aniqlandi: ular qayta hisoblangan songa kiritilgan, ammo tegişli yillar böyiça tuğilganlar qatoriga kiritilmagan, şuning uçun demografik muvozanat töliq saqlanmaydi.

Şu mavzuda