Hamşiralar yanvardan Milanda işlay boşlaşini 2-noyabr kuni Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi — Şavkat Mirziyoyev öquv markazida ular bilan uçraşganidan keyin. Guruh uçun italyan tili maşğulotlarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Peruja universiteti bilan hamkorlikda taşkil etgan. Hozir öqişning oltinçi oyi ketyapti, imtihonlar — bir oydan keyin.
Bu qanday markaz?
«Intil» markazi qariyb 3,5 gektar maydonni egallagan bölib, murojaat, hujjatlarni rasmiylaştiriş, til, kasb, imtihon va çiqiş kabi barça jarayonlarni bir joyda jamlaydi. Front-ofisda viza böyiça maslahatlar beriladi, u yerda bank bölimi, aviakassa va koll-markaz ham mavjud. Içkarida 600 örinli auditoriyalar, 180 örinli amaliyot xonalari, 120 örinli imtihon markazi va 400 örinli yotoqxona bor. Hozir bu yerda oltita xalqaro loyiha böyiça 240 nafar öquvçi tahsil olmoqda, ular uçun öqiş va yaşaş bepul. 40 nafar mahalliy xodim va öqituvçilar hamda 6 nafar çet tili öqituvçilari faoliyat yuritadi.
Sakkiz til — nemis, ingliz, yapon, koreys, çex, polyak, italyan va slovak tillari öqitiladi. Til örgatiş dasturlari 6–10 oyga möljallangan, ularning mazmunini xorijiy iş beruvçilarning talablariga qarab yangilab borişi va’da qilinmoqda. Kasbiy ta’lim 12 ta yönaliş böyiça olib boriladi: tibbiyot, payvandlaş, elektromontaj va santexnika işlari, ombor logistikasi, quriliş, mehmonxona va restoran xizmati, pazandaçilik va boşqalar. Simulyatsiya zallarida santexnika va elektr tizimlari bilan işlaş körnikmalari maşq qilinadi, payvandçilar ISO 9606 xalqaro standarti böyiça tayyorlanadi, öquv uskunalari esa Germaniya, Xitoy va Rossiyadan keltirilgan.
Tinglovçilar alohida xalqaro sertifikatlarga ham tayyorlanadi: ÖSD, TELC, J-CERT va EPS TOPIK. Markaz Proud Partners, Onodera User Run, Deutsche Bahn, RecruitMed GmbH va PentaHospital kompaniyalari hamda Peruja universiteti bilan qöşma loyihalar olib boradi — ya’ni ta’lim aniq iş beruvçilarning talablariga moslaştirilgan. Prezident bu tajribani boşqa hududlarda ham joriy etişni, nomzodlarni tanlaş, tayyorlaş va işga joylaştirişni yagona tizimga birlaştirişni tavsiya qildi.
Kontekst
Şu kuni, 2-noyabrda mehnat migratsiyasi böyiça ötkazilgan yiğilişda aytilişiça, uyuşgan mehnat migratsiyasi endi 27 ta davlatni qamrab oladi, ön yil oldin esa uç davlat bilan işlangan; hamkorlik yölga qöyilgan yirik xorijiy iş beruvçilar soni qariyb 400 taga köpaygan. Ön yil içida xorijda işlayotgan özbekistonliklar soni ikki barobar kamaydi, ularning oilalariga yuborayotgan pul miqdori esa tört barobar oşdi. Yiğilişda şuningdek, bu yil Germaniya 45 ming mutaxassis söragani, atigi ikki ming kişi işga joylaştirilgani aytildi — sabablardan biri nemis tilini biladigan kadrlar yetişmasligidir.
Şu mavzuda