Litsenziya «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi qonunning 5¹-moddasida sanab ötilgan islomiy moliyaviy operatsiyalarni amalga oşiriş huquqini beradi: foydani taqsimlaş şartlari asosida mijozni moliyalaştiriş yoki mablağlarni investitsiya omonatlariga jalb qiliş, agentlik şartnomasi asosidagi operatsiyalar, tovarni bölib-bölib tölaş şarti bilan sotiş, tovarlar uçun oldindan haq tölaş, qöşma faoliyat yoki ustav kapitalida iştirok etiş, şuningdek, sotib oliş huquqi bilan islomiy ijara. Bu operatsiyalar islomiy moliya standartlariga muvofiq amalga oşirilişi lozim.

Islomiy bank faoliyati uçun litsenziya oddiy bank litsenziyasidan alohida, amal qiliş muddati çeklanmagan holda beriladi va bank ulardan biriga yoki ikkalasiga ham ega bölişi mumkin. Birinçi bunday litsenziya — № 1-I — Markaziy bank tomonidan «Open bank» bankiga Boşqaruvning 23-oktyabrdagi 28/1-sonli qarori bilan berildi. Bankka murojaat qilişdan oldin regulyator Markaziy bankning rasmiy veb-saytida uning litsenziyasi mavjudligini tekşirişni tavsiya etadi.

Kontekst

Islomiy bank faoliyatiga 2026-yil 27-martdagi ÖRQ-1126-sonli qonun bilan ruxsat berildi, u 29-iyundan kuçga kirdi; Qonunçilik palatasi uni 2025-yil 11-noyabrda qabul qilgan, Senat esa 2026-yil 5-fevralda ma’qullagan. Markaziy bank bunday banklarni litsenziyalaş tartibini 2026-yil iyul oyida belgilagan, öşanda uning sakkizta idoraviy hujjatiga özgartirişlar kiritilgan. Öşa oyda Markaziy bankda Islomiy moliya kengaşi tuzildi.

Şu mavzuda