Qabul GLOBOGATE dasturi asosida amalga oşirilmoqda. Nomzodlarga quyidagi talablar qöyiladi: 20 yoşdan 36 yoşgaça böliş, uç yillik öquv dasturi böyiça tibbiyot kolleji diplomi, kamida ikki yillik iş tajribasi, sudlanmaganlik va soğliğida muammo bölmasligi.
Saralab olingan nomzodlar ön oylik bepul nemis tili kursiga yuboriladi; öqiş davrida stipendiya va turar joy bilan ta’minlanadi, B2 darajadagi sertifikat uçun imtihon xarajatlari qoplab beriladi. Viza, aviaçipta va hujjatlarni tarjima qiliş xarajatlarini ham dastur öz zimmasiga oladi.
Boşlanğiç maoş oyiga 1 900 yevroni — taxminan 25 mln sömni taşkil etadi. Germaniyada kasbiy malaka tan olingandan söng, iş haqi 2 500 yevroga, ya’ni qariyb 32,9 mln sömga oşadi.
Arizalar 15-dekabrga qadar xorijdaish.uz portali orqali qabul qilinadi, agentlik qöşimça ma’lumotlarni 1282 qisqa raqami orqali olişni taklif etadi.
Kontekst
Özbekiston va Germaniya hukumatlari örtasida migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli şeriklik töğrisidagi bitim 2024-yil 15-sentyabrda Samarqandda imzolangan hamda prezidentning 2025-yil 4-martdagi PQ-91-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Unga köra, taşqi mehnat migratsiyasi qismi böyiça Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, readmissiya qismi böyiça esa Içki işlar vazirligi vakolatli organlar etib belgilangan.
Şu mavzuda