Yiğilişda «Yaşil makon» loyihasi ijrosi tanqidiy tahlil qilindi: bahorda ekilgan köçatlarning uçdan bir qismi nobud bölgani, hisobotlarda qöşib yoziş holatlari aniqlangani keskin tanqid qilindi.
Farmonga köra, 2026-yil kuz mavsumida loyiha böyiça prognoz körsatkiçi — 140 million dona daraxt va buta köçatlari hamda qalamçalar.
Yiğilişda ma’lum qilinişiça, kuzgi ekiş mavsumi 8-noyabrdan boşlangan, biroq bir qator hududlarda işlar yetarli sur’atlarda olib borilmayapti: Toşkent, Samarqand va Jizzax viloyatlarida rejaga nisbatan ortda qoliş kuzatilmoqda. Bu boradagi işning boş mezoni sifatida ekilgan daraxtlar soni emas, balki ularning yaşovçanligi va keyingi yillarda ösişi belgilandi, mutasaddilarga esa joriy yilgi köçatlarning kamida 90–95 foizi yaşab qolişini ta’minlaş topşirildi.
Har bir hududning iqlim va tuproq xususiyatlarini hisobga olib daraxt turlarini tanlaş, qurğoqçilikka, issiqqa va tuproq şörlanişiga çidamli daraxtlarga ustunlik beriş, suğoriş tizimlarini yaratiş va doimiy parvarişni ta’minlaş belgilandi. Köp suğorişni talab qiladigan maysazorlar örniga selyoziya, rayhon, jambil va mahalliy butalarni köproq ekiş, buning uçun mahalliy gullar va manzarali ösimliklarning ixtisoslaştirilgan köçatxonalarini taşkil etiş taklif etildi.
Har bir mahallada har bir kişiga kamida uçta daraxt ekilişini ta’minlaş, mahalla raislari va örmon xöjaligi xodimlarining mas’uliyatini oşiriş vazifasi qöyildi.
Kontekst
Har bir kişiga uçta daraxt me’yori 2026-yil 23-sentyabrdagi PF-206-sonli farmon bilan joriy etilgan «3 — 30 — 300» standartiga kiradi: mahallaning har bir aholisiga uçta daraxt, 30 foiz soya qoplami va 300 metr doirasida yaşil hudud. Xuddi şu farmon 2030-yilgaça yaşil boğlar va jamoat parklari sonini 1 023 taga yetkaziş, ulardan 257 tasini 2026-yil kuzida yaratiş vazifasini qöyadi, 2027-yil 1-yanvardan boşlab esa «Yaşil mahalla» loyihasi doirasida «Mahallani yaşillaştiriş» paketini joriy etadi.
Şu mavzuda