Loyiha 100 va undan ortiq kişi iştirokidagi tadbirni ommaviy deb hisoblaydi. Ruxsatnoma maxsus elektron axborot tizimi orqali beriladi, ruxsatnoma berişdagi muddat esa 10 iş kunidan 20 iş kunigaça uzaytiriladi. Içki işlar organlarining jamoat xavfsizligiga tahdidlarning oldini oliş böyiça talablari davlat organlari, taşkilotlar va tadbir taşkilotçilari uçun majburiy hisoblanadi.
Odamlar oqimini kuzatiş, iştirokçilarni hisoblaş va töplanişlarni erta aniqlaş uçun loyiha dronlardan foydalanişni nazarda tutadi. Madaniy, köngiloçar-tomoşa va sport tadbirlariga çiptalar elektron şaklda sotiladi. Oçiq maydonlarda har bir kvadrat metrga bittadan ortiq iştirokçiga ruxsat etilmaydi. Tadbir ötkaziladigan obyektda va undan 500 metrdan kam radiusda spirtli içimliklarni sotiş tadbir boşlanişidan kamida ikki soat oldin va tadbir davomida töxtatiladi, yuzni yopib yuriş esa taqiqlanadi — tibbiy körsatmalar, mehnat va xizmat faoliyati, sport va madaniy tadbirlarda iştirok etiş bundan mustasno.
Loyihada qayd etilişiça, qoidabuzarga nisbatan jinoyat işlari böyiça tuman sudi ommaviy tadbirlarga kirişni vaqtinça çeklaş kabi majburlov çorasini qöllaşi mumkin, 2027-yildan boşlab esa IIV bunday şaxslarning elektron hisobini yuritişi kerak. Vazirlikka uç oy muddatda öz byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan «Xavfsiz şahar» platformasi bilan integratsiyalaşgan «e-jamoat xavfsizligi» tizimi tarkibidagi «e-ommaviy tadbir» modulini işga tuşiriş topşirilgan. Töylar, yubileylar, xotira tadbirlari, yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari va namoyişlarga qoidalar tatbiq etilmaydi. Nazorat içki işlar vaziri A. Toşpulatov zimmasiga yuklatilgan.
Şu mavzuda