Şavkat Mirziyoyev takliflarni 4 noyabr kuni körib çiqdi. Taqdimotda ta’kidlanganidek, uçuvçisiz aviatsiyani qöllaşni kengaytiriş parvozlar xavfsizligini ham, fuqarolarning şaxsiy hayoti daxlsizligini ham ta’minlaydigan mexanizmlarni talab qiladi: dronlardan foydalanişning yagona qoidalarini, ularni hisobga oliş va parvozlarni muvofiqlaştiriş, yetkazilgan zararni qoplaş va suğurtalaş mexanizmlarini takomillaştiriş zarur. Buning uçun uçuvçisiz uçiş vositalari töğrisidagi ma’lumotlarni birlaştiruvçi yagona raqamli axborot tizimini yaratiş, parvoz zonalarini aniq belgilaş va ulardan foydalaniş tartibini joriy etiş böyiça takliflar taqdim etildi.
Gap fuqarolik qöllanilişi haqida bormoqda: qişloq xöjaligida dronlar ekin maydonlarini kuzatadi, ularga işlov beradi va hosildorlikni kuzatib boradi, sanoatda işlab çiqariş jarayonlari va infratuzilma holatini, şaharlarda esa transport oqimlari va yöl harakatini taşkil etişni nazorat qiladi. Keltirilgan baholarga köra, jahon dron bozori yiliga 10–15 foizga ösib bormoqda.
Transport universitetida ta’limni amaliyot bilan boğlaş közda tutilmoqda. Mutasaddilarga xorijiy tajriba asosida qonunçilikni özgartiriş böyiça takliflar tayyorlaş topşirildi: iqtisodiyot tarmoqlarida dronlardan foydalanişni kengaytiriş, ularni mahalliy işlab çiqariş rivojlantiriş va tadbirkorlar uçun şart-şaroit yaratiş.
Kontekst
Hozirda Jinoyat kodeksining 244-4-moddasida dronlarni noqonuniy olib kiriş, sotiş, sotib oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 25 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda jarima, axloq tuzatiş işlari, uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan — biroq faqat xuddi şunday harakatlar uçun ma’muriy jazo qöllanilganidan söng. Malakaviy belgilar — takroriylik, xizmat mavqeyidan foydalaniş, şaxslar guruhi ham nazarda tutilgan. Uşbu tahrirdagi modda 2024-yil 17-iyundan boşlab amal qiladi.
Şu mavzuda