Prezidentning sportni raqamlaştiriş töğrisidagi PQ-396-sonli qarori 16-noyabr kuni imzolandi va öşa kuniyoq kuçga kirdi. 3-bandda markazlaştirilgan videokuzatuv imkoniyati közda tutilgan: davlat sport muassasalarining sport inşootlarida smart-kameralar örnatiş mumkin, ma’lumotlarni esa sun’iy intellekt tahlil qiladi. Moliyalaştiriş 2025-yil 30-oktyabrdagi PQ-320-sonli qaror bilan davlat organlari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş uçun beğaraz asosda ajratilgan mablağlar hisobidan amalga oşirilişi belgilangan. Hujjatning öqilgan qismida zallarga taşrif buyuruvçilarning şaxsiy ma’lumotlari haqida heç narsa aytilmagan, şuning uçun yozuvlar qanday saqlanişi va işlatilişi hozirça noma’lum.

Tizimga yana nimalar kiritiladi

Barça davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalari hamda sport federatsiyalari «ERP sport»ga sportçilar, murabbiylar va sport tadbirlari töğrisidagi ma’lumotlarni kiritişlari şart. Bu ma’lumotlarning öz vaqtida kiritilişi va töğriligi uçun taşkilotlar va federatsiyalar rahbarlari şaxsan javobgardirlar. Sport vazirligi huzuridagi «Raqamlaştiriş va sertifikatlaştiriş markazi» MÇJ tizimni qöllab-quvvatlaydi, uni takomillaştiradi va yangi axborot tizimlarini yaratadi. «ERP sport»ning özi allaqaçon işga tuşirilgan va «Raqamli hukumat» tizimi bilan integratsiya qilingan.

Tölovlar yagona hisob raqami orqali ötadi

2027-yil 1-fevraldan boşlab Markaziy bankning «MUNIS» tizimini «ERP sport» bilan integratsiya qiliş yölga qöyiladi: sport-ta’lim muassasalarining pullik xizmatlari uçun tölovlar yagona hisob raqamiga tuşadi va avtomatik ravişda taqsimlanadi — 80 foizi muassasaning öziga, 10 foizi vazirlikning Sportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga, 10 foizi «Raqamlaştiriş va sertifikatlaştiriş markazi» MÇJga. 2027-yil 1-yanvardan boşlab musobaqalar ğoliblari va sovrindorlariga diplom va sertifikatlar QR-kodli elektron şaklda beriladi. «MySport» mobil ilovasida soatbay, kunlik, oylik va yillik tariflar böyiça, şu jumladan nodavlat sport taşkilotlarida bron qiliş va tölov imkoniyati paydo böladi.

Kontekst

Xuddi şu hujjat bilan Respublika oliy sport mahorati maktablari negizida Olimpiya terma jamoalari markazi taşkil etiladi, Respublika ösmirlar oliy sport mahorati maktabi esa tugatiladi: uning boşqaruv xodimlari Markazga, murabbiylik tarkibi Mirobod tumanidagi 2-sport maktabiga ötkaziladi, binolari va hududi esa Toşkent şahar sport boşqarmasi balansiga ötkaziladi. Hududlarda viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi huzurida sport masalalari böyiça maslahatçi lavozimi joriy etiladi, Milliy olimpiya qömitasi hududiy bölinmasining ijroçi direktori bu lavozimni egallaydi. 2027-yildan boşlab ta’lim sohasidagi islohotlarga kömaklaşiş jamğarmasidan har yili 5 milliard sömgaça mablağ olimpiya turdagi yakkakuraş maktablari uçun universal qoplamalarga yönaltiriladi. Ijro uçun şaxsan mas’ul etib sport vaziri A. Ikromov, nazorat qiliş uçun Boş vazir A. Aripov va prezidentning sport böyiça vakili O. Abdurahmonov belgilandi.

Şu mavzuda