Nizom bankni sanatsiya qiliş, maxsus boşqaruvçini tayinlaş, aktivlar va majburiyatlarni boşqa bankka ötkaziş, zarur hollarda oraliq bank taşkil etiş va bankning moliyaviy holatini tiklaş tartibini belgilaydi. Unda sanatsiya jarayonida omonatçilar va kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş çoralari alohida nazarda tutilgan.

Qonunga köra, sanatsiya qilinayotgan bankning kuzatuv kengaşi va boşqaruvi vakolatlari jismoniy şaxsga — maxsus boşqaruvçiga ötkaziladi. Qonunda sanatsiyaning uçta vositasi körsatilgan: aktivlar va majburiyatlarni ötkaziş yoki sotiş, oraliq bank taşkil etiş, hisobdan çiqariş va (yoki) konvertatsiya qiliş. Markaziy bank ularni birgalikda yoki alohida qöllaydi. Agar u aktivlar va majburiyatlarni qisman ötkazişda faqat dastlabki ikkita vositadan foydalansa, qoldiq aktivlari bölgan bankning litsenziyasini qaytarib oladi va uni majburiy tugatiş töğrisida qaror qabul qiladi.

Sanatsiya bank tölovga qobiliyatsiz bölganda qöllaniladi va uning muhim funksiyalarining uzluksizligini, omonatçilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilişni hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlaşga qaratilgan. Uning vositalarini qöllaşda davlat organlari, yuridik va jismoniy şaxslar, şuningdek bank aksiyadorlari va kreditorlarining kelişuvi yoki ruxsati talab etilmaydi.

Kontekst

Banklarni sanatsiya qiliş va tugatiş 2025-yil 25-sentyabrdan kuçga kirgan 2025-yil 23-iyundagi ÖRQ-1070-sonli qonun bilan tartibga solinadi. Jismoniy şaxslarning omonatlari 2025-yil 18-fevraldagi ÖRQ-1031-sonli qonun bilan kafolatlangan: bitta bankdagi bitta omonatçiga qoldiq 200 million sömdan oşmasa, qoldiqning tamomi, oşsa — 200 million söm qaytariladi.

Şu mavzuda