Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni Toşkentda bölib ötgan Özbekiston va Turkiya örtasidagi biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişida 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk va yer uçastkalarini sotuvga qöyiş rejalaştirilayotganini ma’lum qildi. U Turkiya banklari, investitsiya fondlari va sanoat kompaniyalarini xususiylaştiriş va davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) loyihalarida faolroq iştirok etişga çaqirdi.

Şuningdek, turk investorlari Yangi Toşkentda turar-joy va tijorat majmualari, mehmonxonalar, ta’lim va tibbiyot muassasalari quriş, pullik yöllar, aeroportlar va logistika markazlari loyihalarida iştirok etişga taklif etildi.

Raqam qayerdan olingan

Bu yangi dastur emas, balki 28 avgustdagi farmon bilan tasdiqlangan dastur: 100 trln sömlik aktivlar, 84 ta kompaniyadagi davlat uluşlari, 1 242 ta köçmas mulk obyekti va qariyb 8 ming gektar yer maydoni. Yil oxirigaça kamida 14 trln söm tuşum kutilmoqda. Manbalar 8,3 va 8,4 mlrd dollarni körsatmoqda; farq, ehtimol, qayta hisoblaş kursi bilan boğliq: Markaziy bank kursiga köra, bir dollar uçun taxminan 12 010 söm bölganda 100 trln söm taxminan 8,3 mlrd dollarni beradi (tahririyat hisob-kitobi). Avvalroq Kontekst 100 trln sömlik davlat aktivlari savdoga çiqarilayotgani haqida yozgan edi.

Kontekst

6 noyabr kuni Davlat aktivlarini boşqariş agentligi va DEİK qoşidagi Turkiya–Özbekiston işbilarmonlar kengaşi turk investorlarini xususiylaştirişga jalb qiliş böyiça memorandum imzoladi, turk biznesi uçun maxsus investitsiya sessiyasini esa dekabr oyida ötkaziş rejalaştirilmoqda. 2026-yil 1-yanvar holatiga köra, mamlakatda turk kapitali bilan 2 137 ta korxona faoliyat yuritgan, bu xorijiy investitsiyali barça faoliyat yuritayotgan korxonalarning 11,8 foizini taşkil etadi.

Şu mavzuda