2026-yil 21-noyabrdagi «Kinematografiya sohasida zamonaviy boşqaruv usullarini joriy etiş va «Özbekfilm» milliy kino brendini yaratişni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-250-son Farmon qabul qilindi. Farmonda maqsad sifatida zamonaviy boşqaruv modelini joriy etiş, takrorlanuvçi vakolatlarni optimallaştiriş va milliy kino sanoatini bosqiçma-bosqiç iqtisodiyotning muhim tarmoğiga aylantiriş körsatilgan.

2028-yil 1-yanvardan boşlab barça kinoteatrlar va kino namoyiş etuvçi boşqa taşkilotlar majburiy tartibda yagona kino çiptalari tizimiga integratsiya qilinadi: har bir seans, sotilgan çipta va tuşumlar böyiça real vaqt rejimida avtomatlaştirilgan ma’lumotlar almaşinuvi yölga qöyiladi. Xuddi şu sanadan boşlab davlat mablağlari hisobidan yaratilgan barça filmlar va davlat arxivlaridagi kino merosi obyektlari kinoplatforma bazasi uçun bepul va majburiy ravişda raqamli formatda taqdim etiladi, xususiy kinostudiyalar va mualliflarning filmlari esa şartnoma asosida joylaştiriladi.

Madaniyat vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Kino san’ati departamenti taşkil etiladi, «Umummilliy kinoloyiha» maqomini esa Milliy kinokompaniya taklifiga binoan vazirlik beradi. Şuningdek, Madaniyat vazirligi ta’sisçiligida «Özbekfilm» milliy kinokompaniyasi, şu nomdagi davlat muassasasi negizida «Qoraqalpoqfilm» MÇJ, Fanlar akademiyasi San’atşunoslik instituti huzurida Kinoşunoslar klubi, Kino arboblari ijodiy uyuşmasi va Kino sanoati vakillari uyuşmasini birlaştiriş orqali Kino sohasi vakillari palatasi hamda Toşkentda bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi ta’sis etiladi.

Kontekst

Kinoteatrlarda çiptalarni hisobga olişning yagona tizimini yaratişga avval ham urinib körilgan edi: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 272-sonli qarorida «Özbekkino» agentligi tizimidagi kinoteatrlar bosqiçma-bosqiç, xususiy kinoteatrlar esa ixtiyoriy ravişda ulanadigan yagona respublika elektron kinoprokat tarmoğini işlab çiqiş va 2019-yil 1-yanvardan boşlab uşbu kinoteatrlarda elektron çiptalarning avtomatlaştirilgan tezkor hisobini yuritiş hamda ularni sotişni joriy etiş topşirilgan edi.

Şu mavzuda