Bu haqda Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boş boşqarmasi boşliği Botirbek Isabekovning III çorak yakunlari böyiça hisobotida ma’lum qilindi — hisobot 13-noyabrda Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining qarori bilan qabul qilindi. Kasallanişning intensiv körsatkiçi har 100 ming aholiga 0,3 dan 11,1 holatgaça kötarildi. Meningokokk infeksiyasi — qözğatuvçisi boş miya pardalarini yalliğlantiradigan kasallik, ya’ni meningit. Hisobotda kasallanişning keskin oşiş sabablari körsatilmagan.

Asosan bolalar kasallanadi

14 yoşgaça bölgan bolalar 341 nafarni, ya’ni barça holatlarning 96,3 foizini taşkil etadi va infeksiya köpinça bir-ikki yoşli bolalarda aniqlangan. Vafot etgan 24 kişidan 21 nafari bolalar, uç nafari kattalardir.

Töqqiz oyda yana nimalar özgardi

Epidemik parotit 73 tadan 217 taga, skarlatina 664 tadan 1 637 taga, salmonellyoz 247 tadan 347 taga, ötkir içak infeksiyalari 12 249 tadan 13 608 taga köpaydi. Şu bilan birga, bakterial dizenteriya 157 tadan 44 taga, gripp 2 648 tadan 952 taga, virusli gepatitlar 579 tadan 352 taga, qizamiq 285 tadan 178 taga, nafas oliş a’zolari sili 435 tadan 350 taga kamaydi. Ötkir respirator infeksiyalar 292 385 tadan 269 333 taga kamaydi. Gepatit E va D, vabo, ölat, quturiş, Qrim–Kongo isitmasi, qorin tifi, paratiflar, böğma, poliomiyelit va qoqşol umuman qayd etilmagan.

Kontekst

Meningokokk infeksiyasi tölqinsimon keçadi va Toşkentda har tört-sakkiz yilda bir marta kötariliş qayd etilgan: 1989-yilda 55 ta, 1997-yilda 56 ta, 2001-yilda 102 ta, 2006-yilda 34 ta, 2019-yilda 114 ta, 2024-yilda 26 ta holat. Oraliq yillarda yiliga noldan ongaça holat qayd etilgan. Hisobotda keltirilgan yillar içida eng yuqori körsatkiç 2019-yilga töğri keladi — 114 ta holat, hozirgi 354 ta esa undan uç baravar köp.

Şu mavzuda