Eng koʻp sabzavotlar qimmatlashdi: pomidor oy davomida 14,2%ga va yil davomida esa 54,9%ga, bodring 13,5%ga, sabzi 12,4%ga. Tuxum narxi 5,3%, suyakli mol goʻshti narxi 1,7%ga oshdi. Sitrus mevalar narxi 12%ga va uzum narxi 5,7%ga tushdi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi oy davomida 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlar 0,3 foizga, pullik xizmatlar 0,9 foizga oshdi.

Kontekst

Bu statistikadagi ikki raqam bir-biriga faqat bir qarashda zid. Yillik inflyatsiya pasaymoqda — bu oʻtgan yilgi yuqori baza va stavkani yuqori ushlab turgan Markaziy bankning qattiq siyosati ta’siri. Oylik koʻrsatkich esa yanvardan beri eng yuqori darajagacha tezlashdi, uni sabzavotlar tortmoqda: mahalliy pomidor va bodring mavsumi tugadi, taklif kamaydi. Hamyon uchun ikkinchisi muhimroq: rasmiy 6,4% soʻrovlarga koʻra 10,1% atrofida turgan his qilinadigan inflyatsiyadan sezilarli farq qiladi, chunki odamlar indeks hisoblanadigan 517 ta tovar va xizmatdan iborat toʻplamni emas, aynan oziq-ovqatni koʻproq sotib oladi. Markaziy bankning bu yilgi maqsadi — 6,5%, 5% lik doimiy targetga 2027-yil oxirigacha erishish rejalashtirilgan.