Reglament 2030-yilga boshqa mezonlarni ham belgilaydi: YeI strategik xomashyoning 10 foizini oʻzi qazib olishi, 40 foizini oʻz hududida qayta ishlashi, 25 foizini ikkilamchi qayta ishlashdan olishi kerak. Oʻzbekiston bu sohada YeIning hamkori 2024-yil 5-aprelda boʻldi, oʻshanda tomonlar strategik hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi. YeI tomonidan hujjatni Valdis Dombrovskis, Oʻzbekiston tomonidan investitsiyalar vaziri Laziz Qudratov imzoladi. YeI ma’lumotlariga koʻra, muhim xomashyo zaxiralari boʻyicha Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda ikkinchi oʻrinda turadi, jumladan mis, molibden va oltin boʻyicha.
Kontekst
Memorandum boʻyicha muzokaralar 2023-yil 25-oktabrda Bryusselda Global Gateway forumida boshlangan. Oʻshanda Oʻzbekiston muhim xomashyo boʻyicha Klubga qoʻshilishini tasdiqladi. 2024-yil sentabrida tomonlar memorandumni amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladi.