Qolgan yetkazib berishlar nomutanosib kichik: AQSh — 765 ta avtomobil, Koreya Respublikasi — 737, Yaponiya — 345, boshqa barcha mamlakatlar birgalikda — 990. Jami mashinalar 29 ta mamlakatdan olib kirilgan.

Eng koʻp elektromobillar import qilindi — 46 749 birlik, ya’ni olib kirishning 71%i. Benzin dvigatelli avtomobillar 10 987 ta, gibridlar — 8 077, boshqalar — 63 ta olib kirildi.

Kontekst
Elektromobillar va gibridlar 2030-yil 1 yanvargacha 2022-yil 19 dekabrdagi PP-443-sonli qarorga koʻra import bojxona bojidan ozod qilingan, shu bilan birga olib kirishda QQS toʻlanadi. 2026-yil 1 yanvardan 2023-yil iyulida joriy etilgan 1200 kub. sm gacha dvigatelli kichik hajmli avtomobillar uchun imtiyozli bojlar amal qilishdan toʻxtadi. Mahalliy yigʻilgan elektromobillar 2030-yilgacha utilizatsiya yigʻimidan ozod qilingan, xususiy tartibda olib kirilganlar uchun u 2025-yil 1 maydan oshirilgan.