Uchastkalar shartnoma asosida va faqat maqsadli foydalanish uchun beriladi. Ular mulkka oʻtmaydi, ularda qurilish, konstruksiyalar oʻrnatish va boshqa har qanday faoliyat taqiqlanadi, aholining kirishini cheklash mumkin emas.

2026-yil kuz mavsumidan boʻsh yer yetishmaydigan mahallalarda, koʻp qavatli uylar orasida va maktab hamda bolalar bogʻchalari hovlilarida mikro oʻrmonlar yaratila boshlanadi. 200 dan 1000 kv. m gacha boʻlgan uchastkalarda daraxt va butalar koʻchatlari zich, qatlam-qatlam — kvadrat metrga kamida ikkitadan — oʻtqaziladi. Yer yoʻq yoki hudud betonlangan joylarda jamoat xiyobonlari tashkil etiladi: hokimliklar va homiylar yirik tuvaklar oʻrnatadi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi koʻchat yetkazib beradi, mahallalar oʻtqazish va parvarishni aholi kuchi bilan tashkil etadi.

Kontekst
Shu farmon bilan 1 oktabrdan obodonlashtirish va sanitariya tozalash boʻyicha ikki oylik e’lon qilindi, 2027-yil 1 yanvardan esa «Yashil mahalla» loyihasida mahallalarga oʻrmonchi-ustozlar biriktirilgan «Mahallani koʻkalamzorlashtirish» paketi joriy etiladi. Koʻkalamzorlashtirish uchun «3-30-300» xalqaro standarti qabul qilingan: uydan, ishdan yoki oʻqishdan koʻrinadigan joyda uchta daraxt, hududning 30%i daraxt soyasida, yashil zona 300 metrdan uzoq emas. Martda yashil zonalar bilan ishlash tartibini yashil bogʻlar va botanika bogʻlarini boshqarish tizimi yaratilgan PF-47-sonli farmon allaqachon oʻzgartirgan edi.